Ona tili va adabiyot sanog‘i; tilagi; tarog‘i; 4 o‘rtog‘i


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1146895
  1   2   3
Bog'liq
#3 (2)



Ona tili va adabiyot
1. 1) sanog‘i; 2) tilagi; 3) tarog‘i; 4) o‘rtog‘i;
5) so‘rog‘i; 6) tuprog‘i; 7) sovug‘i
Berilgan so‘zlarining qaysilarida 2 tadan fonetik hodisa
kuzatiladi?
A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5, 7 C) 3, 5, 7 D) 1, 3, 5, 7
2. Oshpichoq, qiymataxta, ko‘zoynak kabi yasama
so‘zlarning qo‘shib yozilishi qaysi qatorda to‘g‘ri
izohlangan?
A) narsaning biror maqsad uchun mo‘ljallanganligini
bildirgani sababli
B) o‘zida bor belgi asosida yasalganligi sababli
C) biror narsaga nisbatlash asosida yasalganligi sababli
D) narsani joyga nisbat berish yo‘li bilan ifodalgan
qo‘shma otlar bo‘lgani sabali
3. Ravishning ma’no jihatdan uch turi ishtirok etgan
gapni aniqlang.
A) Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim o‘zidan-
o‘zi yurib ketyapti.
B) Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, unga
bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan.
C) Bular piyoda asta-sekin O‘rdaga bordilar.
D) Qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib
kelyapti.
4. Kelishik qo‘shimchalari xato qo‘llangan gapni toping.
A) Biz xazinadan odamlarga ulashaylik, ular shahar,
qishloqlardan ko‘chatlar keltirishsin.
B) Shahrimizni bir chetidan yer ajrataylik, o‘sha yerga
mevali ko‘chatlar o‘tqazaylik.
C) Maxsus bog‘bonlar qo‘yaylik.
D) Bog‘ mevaga kirganda faqir-miskinlarni chaqirib, ana
shu mevalardan berib turaylik.
5. Eng muhimi, mustaqillik tufayli odamlarimizning
dunyoqarashi va tafakkuri, ma’naviy qiyofasi o‘zgardi,
jamiyatimizda ahillik, muruvvat, mehr-oqibat, tinchlik va
osoyishtalik qaror topdi.
Ushbu gapda vergulning qo‘yilish sabablari qaysi
javobda to‘g‘ri izohlangan?
1) gapda kirish so‘z ishtirok etganligi uchun;
2) gapda ajratilgan bo‘lak mavjudligi uchun;
3) so‘z-gapdan keyin kelgan bo‘laklar bo‘lgani uchun;
4) uyushiq bo‘laklar ishtirok etgani uchun;
5) sodda gaplar bog‘lovchisiz bog‘langani uchun;
6) bog‘langan qo‘shma gaplar bo‘lgani uchun
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 6
6. Qaysi uslubni monografiya, dissertatsiya, avtoreferat
kabilar tashkil etadi?
A) ommabop uslub B) rasmiy uslub
C) ilmiy uslub D) badiiy uslub
7. Mening ko‘nglimki, gulning g‘unchasidek tah-batah
qondir.
Ushbu baytdagi gap bo‘laklari haqida berilgan noto‘g‘ri
hukmni toping.
A) ega va kesim ot bilan ifodalangan
B) gapda ikkita qaratqich aniqlovchi qatnashgan
C) gapda ikkita sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan
D) gapda bitta sifatlovchi aniqlovchi, bitta ravish holi
qatnashgan
8. Chaqimchining tilidan ilon zahar oladi.
Ushbu gapda qanday munosabatli so‘z birikmalari
qo‘llangan?
A) 1 ta moslashuv, 1 ta boshqaruv, 1 ta bitishuv
B) 1 ta moslashuv, 2 ta boshqaruv, 1 ta bitishuv
C) 1 ta moslashuv, 2 ta boshqaruv
D) 1 ta moslashuv, 1 ta boshqaruv
9. Sоf ko‘mаkchi ishtirоk etmаgаn gаpni аniqlаng.
A) Judа sоz! Аlbаttа, kiyib birini, sаfаrgа do‘stlаr-lа mеn
hаm chiqаmаn. (Zulfiya)
B) Yurti bilаn, хаlqi bilаn fахrlаngаnlаr uchun mеhnаt
rоhаtning bir ko‘rinishidir.
C) To‘g‘ri so‘z o‘z ‘egasini najot sari yetaklaydi.
D) Аzizim, mаlоmаt tоshlаri tаgidа qоlishingizni sirа
istаmаymаn
10.Mustaqillik bayramining quvnoqlik, shod-u xurramlik
ila nishonlanishida shu tuproqda yashayotgan har bir
insonning munosib hissasi bor. Ushbu gapda necha
o‘rinda so‘z yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 3
11.Quyida berilgan gapdagi fe’llar qaysi maylda?
Qog‘ozlarga keraksiz narsalarni yozma, isrof qilsang, zor
bo‘lasan.
A) shart maylida B) xabar maylida
C) buyruq-istak maylida
D) buyruq-istak, shart, xabar mayllarida

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling