Ona tili va adabiyot sanog‘i; tilagi; tarog‘i; 4 o‘rtog‘i


Matn asosida 12-13-savollarga javob bering!


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1146895
1   2   3
Bog'liq
#3 (2)

Matn asosida 12-13-savollarga javob bering!
”Ko’rnamak”
Jahonga mashhur Xusrav davrida shohlar yeydigan ba’zi
bir taomlarni fuqaroning yeyishi man qilingan, agar
o‘sha taomni qora xalqdan biror kishining yegani
ma’lum bo‘lib qolsa, qattiq jazolanar ekan. Bir odam
podshohga yaqin yasovulni mehmon qilibdi va uning
oldiga hukmdorlar yeydigan anvoyi taomlarni keltirib
qo‘yibdi. Yasovul bu uydan chiqishi bilanoq qog‘oz,
qalam olib, men falon kishining uyida mehmon bo‘ldim,
dasturxonga shohlarga xos anvoyi taomlarni keltirib
qo‘ydi, azbaroyi hazrati oliylariga ixlosim baland bo‘lgani
uchun bu hodisani ma’lum qilyapman, deb yozibdi.
Xusrav qog‘ozning orqasiga shunday javob yozibdi: „Bu
qilmishing uchun senga aytadigan arzon tahsin –
ofarinim yo‘q, ammo u odamni podshohlar yeydigan
taomni pishirgani uchun emas, balki yomonlikni ravo
ko‘radigan ko‘rnamakni mehmon qilgani uchun
jazolayman“. („Adolat tarozisi“dan)
12.Qaysi qatordagi fikr yuqoridagi „Ko‘rnamak
hikoyatining xulosasi bo‘la oladi?
A) Savobi oshkoradan gunohi pinhona afzal.
B) Savobning tagi teshik.
C) Mehnatsiz rohat bo‘lmas, savobsiz – jannat.
@HodiyevEdu
@HodiyevEdu
@OmonNurmurodov
Hodiyev Alisher
1
@Muxtasargrammatika


D) Tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurma.
13.Ostiga chizilgan so’zlar haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
A) tarixiy so’zlar B) arxaik so’zlar
C) vulgar so’zlar D) disfemizmlar
14.Qaysi xalq dostoni qahramoni bir kosa suv va bitta non
evaziga o’z jonini xavfga qo’yib ajdar bilan olishadi,
ammo do’sti qasamga xiyonat qilib, uni aldaydi?
A) ”Alpomish” B) ”Ravshan”
C) ”Kuntug’mish” D) ”Rustamxon”
15.”Uch ildiz”, ”Qora ko’zlar”, ”Olmos kamar” romanlari
bilan milliy romanchiligimizga benihoya hissa qo’shgan
adib nomini toping.
A) Said Ahmad B) Odil Yoqubov
C) Pirimqul Qodirov D) Abdulla Qahhor
16.Boborahim Mashrabning ”Bulbuldayinkim faryod
etarman” misralari bilan boshlanuvchi, ”Yorga yetar kun
bormi, yoronlar” misrasi naqarot sifatida takrorlangan
she’ri lirikaning qaysi janrida bitilgan?
A) muashshar B) muxammas
C) musaddas D) murabba
17.O’ljas Sulaymonning ”Qoyilmisan insonga, zamin”
asari haqida qaysi fikr xato?
A) mazkur asar doston janrida bitilgan
B) asar insonning irodasi va imkoniyatlariga madhiya
sifatida baholanadi
C) asarda, yevropaparstlar aytganidek, turkiylar
madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng
madaniyatli qavmi ekani ko’rsatib berilgan
D) asar adib nomini olamga mashhur qilgan bo’lib,
koinotni zabt etayotgan inson haqidagi o’ylar qalamga
olingan
18.Abdulla Oripovning ”Sohibqiron” dramasida Amir
Temur qaysi qahramonni ”Lashkarini siylamagan xasis
amir” deydi , ”Qurt tushgan meva” ga qiyos etadi va
unga: ”Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun” deya
ochiq so’zlaydi?
A) Kayxisravga B) Yildirim Boyazidga
C) Amir Husaynga D) Barlos Bahodirga
19.Ezopning qaysi masali ”Ko’rpangga qarab oyoq uzat”,
”Qo’lingdan kelmaydigan ishga urinma, sharmanda
bo’lasan” kabi mazmunga mos keladi?
A) ”Burgut, zog’cha va cho’pon”
B) ”Kiyik bilan tokzor”
C) ”Bo’ri bilan laylak”
D) ”Ustiga tuz ortilgan eshak”
20.Bo’ying sar-u sanobardek, beling qil,
Vafo qilgan kishilarga vafo qil.
Mazkur baytda qo’llangan she’riy san’atni aniqlang.
A) tazod B) talmeh C) tajnis D) tashxis

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling