Ona tili va adabiyot sanog‘i; tilagi; tarog‘i; 4 o‘rtog‘i


Ona tili (Majburiy fan uchun)


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana02.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1146895
1   2   3
Bog'liq
#3 (2)

Ona tili (Majburiy fan uchun)
1. Orfografiya so’zida urg’u qaysi bo’g’inga tushadi?
A) 1-bo’g’inga B) 2-bo’g’inga
C) 3-bo’g’inga D) 4-bog’inga
2. Qaysi qatordagi so‘zlar sifat so‘z turkumiga mansub?
A) teshik, tuzoq, o‘roq B) qo‘rqoq, yumuq, siniq
C) kichik, chiniq, yutuq D) kurak, egik, taroq
3. Qaysi gapda holat ravishi berilgan?
A) Chol labini tishlagancha o‘ylanib qoldi.
B) Gulbahor bu gapni dugonasidan tasodifan eshitdi.
C) Guliston dugonasini ko‘rgani kasalxonaga kelgan edi.
D) Uning aytgani aytgan, degani degan edi.
4. Vаzifаdоsh biriktiruv bоg‘lоvchilаri bеrilgаn javobni
аniqlаng.
A) bilаn, -u, -yu, -dа, bаlki B) bilаn, -u, -yu, -dа, hаm
C) bilаn, -u, -yu, -dа, bа’zаn D) bilаn, -u, -yu, -dа, hаmdа
5. Uslubiy betaraf so‘zlar qatorini belgilang.
A) ildiz, kvadrat, neytron
B) tagcharm, qolip, poshna
C) yaxshi, qalam, keldi
D) alalxusus, azm, adil
6. Do‘ppisini osmonga otmoq iborasiga zid bo‘lgan so‘zni
toping.
A) xursand B) xafa
C) hayratlanmoq D) g‘azablanmoq
7. Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan?
A) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.
B) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli
odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi.
C) Misralarda so‘zlar gavhar kabi yonadi, yangi ranglar,
yangi jilvalar bilan porlaydi.
D) Suv keldi - nur keldi.
8. Quyida berilgan gapda fonetik o‘zgarishga uchragan
yasama so‘z qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
Og‘zaki nutq qisqa va ifodali bo‘lishi kerak.
A) ega B) aniqlovchi C) hol D) aniqlovchi, kesim
9. Qaysi qatorda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xato
mavjud?
A) Men aytganlarni birma-bir qayd qiling.
B) Qancha-qancha insonlar vatanining bir qism
tuprog‘iga zor.
C) Tanburimning ovozi − yorimning sho‘xchan nozi.
D) Asil umring shu boyning eshigida o‘tmasin deyman-
da.
10.Qaysi so‘zlarda bo‘g‘iz undoshi qo‘llanmaydi?
1) ..omsemiz; 2) ..alqparvar; 3) ..ar kim;
4) kam..osil; 5) ..ushbichim
A) 1, 3, 5 B) 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 5
@HodiyevEdu
@HodiyevEdu
@OmonNurmurodov
Hodiyev Alisher
2
@Muxtasargrammatika

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling