Muammo bo’yicha boshqaruvchilik qarori. Marketing faoliyatining asosiy determinantlariga omillarning ikki guruhi kiradi: firmaning nazorat qilinmaydigan, yoki tashqi va nazorat qilinadigan, yoki ichki omillari. Nazorat qilinmaydigan omillarga firma bozorda duch keladigan cheklovlar kiradi. Nazorat qilinadigan omillarni to’rtta keng kategoriyalarga birlashtirish mumkin. Xaridor nazari bilan qarasak, ular quyidagilarga mos keladi:
tovar yoki xaridorning muammosini “hal qilishga”, ya’ni yaratilgan boyliklar to’plamiga;
narxga, tanlangan qarordan foydalanish uchun xaridor qiladigan xarajatlarga;
joy yoki tovarlarni xaridorlar uchun qulayroq ko’rinishda taqdim etishga;
siljitishga yoki taklif etiladigan tovarning ijobiy xususiyatlari haqida xabar beruvchi kommunikasiyalarga.
Shunday qilib, marketingning butun kompleksi bo’yicha boshqaruvchilik qarorlari korxona muhitining ham nazorat qilinadigan, ham nazorat qilinmaydigan omilari bo’yicha integrallashishi kerak.
Birlamchi marketing axborotlarini yig’ishning bir qancha usullari mavjud. Jumladan, so’rov, kuzatish, fokus-guruh, ekspertlar, eksperiment usullar yordamida birlamchi axborotlar yig’iladi. So’rov – marketing tadqiqotlarida birlamchi axborotni yig’ishning eng ko’p qo’llaniladigan usuli hisoblanadi. Bu usul deyarlik 90 foiz tadqiqotlarda qo’llaniladi.
So’rov – bu birlamchi marketing axborotlarini og’zaki yoki yozma ravishda murojaat qilib biron-bir obyektga nisbatan subyektlarning fikrlarini, afzal ko’rishlarini, e’tirozlarini, xoxish-istaklarini bilishga qaratilgan usuldir.
So’rovlar bir qator belgilariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) Birlamchi axborot manbai sifatida:
ommaviy so’rovlar;
maxsuslashtirilgan so’rovlar.
Ommaviy so’rovda axborotning asosiy manbai bo’lib aholining keng qatlami, turli toyifalari fikrlari, javoblari hisoblanadi. Ommaviy so’rovda qatnashganlarni respondent deb nomlash qabul qilingan (lotincha respondeo-javob berish).
Do'stlaringiz bilan baham: |