2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja
Download 118.49 Kb.
|
Maruza 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imitasion modellashtirish
- Marketing axborot tizimini shakllantirish
Tashqi bozorlarni o’rganish. Bu o’rinda xalqaro marketingning metodologik yondashuvlarini qo’llash nazarda tutiladi, chunki korxonaga nisbatan tashqi bo’lgan har qanday bozor o’ziga xos xususiyatlarga, o’zining ijtimoiy-madaniy farqlariga, o’zining raqobat muhitiga ega bo’ladi. Shuning uchun tashqi bozorlarni o’rganishning xususiyatlarini va xalqaro marketing tadqiqotlarining uslublarini ko’rib chiqish zaruriyati paydo bo’ladi.
Imitasion modellashtirish. Ishning natijalariga qarab marketingning imitasion modellarini tasniflashning asosiy mezonlari ajratilib ko’rsatiladi. Bunday holda ko’pgina modellarni qanday maqsadlarda ishlab chiqilganligiga qarab uchta sinfga bo’lish mumkin: iste’molchilar xatti-harakatlarining modeli; javob qaytarish modeli; siyosatni ishlab chiqish modeli. Modellarning har bir sinfini model asosida yotgan takliflar, boshqa kichik sinfchalar bilan bo’lgan munosabatlari, o’zgaruvchilarning optimal qiymatlarini hisoblash usullariga ko’ra kichik sinfchalarga bo’lish mumkin. Qayd qilish kerakki, birlamchi marketing tadqiqotlarida ko’pincha korxonaning marketing faoliyati oqibatlarini hisobga olmaydigan iste’molchilar xatti-harakatlarining modellari ishlatiladi. Marketing axborot tizimini shakllantirish. Marketing tadqiqotlarining natijalari almashish va tahlil qilishning integrasiyalashgan axborot jarayoniga kiritilgan bo’lsa, muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Shu sababli marketing axborot tizimini shakllantirish zaruriyati tadbirkorlik uchun zaruriy bo’lgan rentabellik, shuningdek, mavjud birlamchi va ikkilamchi marketing ma’lumotlarining ko’p marotaba va maqsadli ishlatilishi talabidan kelib chiqadi. Asoslangan boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilish uchun korxonada marketing axborot tizimini – marketing ma’lumotlarini doimiy yig’ish, saklash va ishlov berish tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir. U boshqaruvchilik qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Aytish kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda marketing axborot tizimini shakllantirishga yagona yondashuv vujudga keldi. Bunday marketing tizimi asosiy marketing ma’lumotlari – marketing tadqiqotlari natijalari, tashqi va ichki marketing axborotlari, shuningdek, marketingning asosiy yo’nalishlari bo’yicha faoliyat haqidagi ma’lumotlar – reklama, sotishni rag’batlantirish, korxonaning sotish va narx siyosati bo’yicha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Marketing axborot tizmining ma’lumotlari, odatda, konfidensial harakterga ega, chunki ular tijorat siridir. Demak, tizim ma’lumotlarini va ular asosida qabul qilinadigan boshqarish qarorlarini himoyalash jarayoni ishlab chiqilishi kerak. Download 118.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling