2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja


Download 118.49 Kb.
bet25/33
Sana27.10.2023
Hajmi118.49 Kb.
#1727180
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Maruza 2

Madaniyat tushunchasi.
Madaniyat - ijtimoiy tizimning markaziy komponentlaridan biri bo’lib, resurslarni, me’yoriy o’rnatmalarni kommunikasion ramziy ma’no beruvchi vositalarni o’z ichiga oladi. Madaniyat tushunchasi serqirra tushuncha. Yurish-turish va iste’mol madaniyati ham madaniyatning boshqa jihatlari singari shaxs hayotida muhim rol o’ynaydi.
Agar mavjudotlar o’zining bazaviy ehtiyojlarini qondirishida instinktlar bosh vazifani utasa, kishilik jamiyatida bu vazifani madaniyat amalga oshiradi. Uning funksiyasi kishilar hayotini hamda ularning guruhlarini, sosial institutlari faoliyatini muayyan mantiqiy tizimlashdan – dasturlashdan iboratdir. Uzoq muddatga tizimlashtirilgan dastur inson va u bilan bog’liq institutlarning mavjud bo’lishlik, uning hayot mazmunini belgilasa, qisqa davrga muljallangan dastur esa, muayyan sharoitlar va davrga belgilangantanlov mezonini aks ettiradi.
Madaniy qimmatdorliklar, g’oyalar va boshqa muhim belgilar majmuasiga taalluqli bo’lib, ular insonlarga o’zaro muloqotda bo’lish, hamda bir-birini jamiyat a’zosi sifatida baholash va mushohada qilishga yordam beradi. Madaniyat noyob muammolarni bir martalik hal etish yo’li sifatida instinktlarning o’rniga keladi va xulq-atvorni o’z ichiga oladi.
G.Zimmel ( 1996, t.2) madaniyatni subyektiv va obyektiv qismlarga ajratadi. Obyektiv madaniyat - insoniyat taraqqiyoti davomida yaratilgan va erishilgan bilimlar, ne’matlar, din, san’at va boshqa insoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlar kabi madaniyat na’munalari hisoblanadi.
Subyektiv madaniyat - individning insoniyat tomonidan yaratilgan obyektiv madaniyat elementlarini o’zlashtirish va uni rivojlantirishga qaratilgan harakatlari hisoblanadi. Madaniyat tarkibiga botiniy va zohiriy (abstrakt-mavhum va real-moddiy) elementlar kiradi.
Mavhum elementlar bo’lib, qimmatdorliklar, e’tiqodlar, g’oyalar, insonlar tiplari, diniy qarashlar hisoblanadi. Moddiy tashkil etuvchilar bo’lib kitoblar, kompyuterlar, asboblar, binolar va h.k.o lar hisoblanadi. Madaniyatning moddiy elementlari ayrim xollarda madaniy artefaktlar yoki madaniyatning moddiy ko’rinishi ham deb nomlanadi va bu holat madaniyat tushunchasini faqat mavhum soha sifatida cheklaydi (inson tomonidan yaratilgan olamning yetti mujizasi kabi obyektlar).
Madaniyat insonlarga o’zlarini shaxs sifatida anglashga va xulq-atvorning mumkin bo’lgan modellarini tushunib olishga imkon beradi. Madaniyat ta’sirida shakllanadigan muhim dunyoqarash va xulq-atvor jihatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • dunyoni va o’zini anglash;

  • muloqot va til;

  • kiyim va tashqi qiyofa;

  • ovqatlanish madaniyati;

  • vaqt (umr) to’g’risida tasavvur;

  • o’zaro munosabatlar (oila, tashkilot, xukumat va x.k.o. lar darajasida);

  • qimmatdorliklar va me’yorlar;

  • ishonch va qarashlar;

  • fikrlash jarayonlari va o’qitish;

  • ishdagi odatlar.

Madaniyat ijtimoiy kategoriya bo’lib, murakkab tuzilmani tashkil etadi. Uning tarkibiy komponentlari qo’yidagilardan iborat:

    1. madaniy qimmatdorlik;

    2. meyorlar (yoki etalon - ideallar, na’munalar);

    3. madaniyat tili (til bu noverbal muloqotlar vositasi (simvollar), hisoblanadi va u muayyan madaniy guruh uchungina tushunarli bo’ladi;

    4. sanksiyalar huquq va axloqdagi farqlarga nisbatan reaksiyalar bo’lib insonning jamiyatdagi yurish turishini tartiblash vositasi (urf-odatlar, diniy aqidalar, moda kabi elementlardan iborat bo’ladi) hisoblanadi.

Bozor talabini o’rganishda iste’molchining xulq-atvorini belgilovchi muhim omillardan biri - jamiyatdagi mavjud ijtimoiy tabaqalar va siflar ham marketing tadqiqotlarining markaziy obyektlaridan hisoblanadi.
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste’molchining bu mahsulotni qabul qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bog’liqdir. Yangi mahsulotni qabul qilish – mushohada qilish jarayoni bo’lib, bu jarayon yangi mahsulot to’g’risida birinchi axborotga ega bo’lishdan boshlanib to mahsulotning doimiy iste’molchisiga aylanguncha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi.
Iste’molchilar yangi mahsulotni sinab ko’rishga tayyorlik darajasiga qarab ular supernovator, novator, oddiy iste’molchilar, konservator, superkonservator deb guruhlarga ajratiladi.
Supernovatorlar – bu iste’molchilarning shunday guruhiki, ular noma’lum mahsulotni sinab ko’rishga har doim tayyor turadilar. Novatorlar esa iste’molchilarning shunday guruhiki, ular yangi mahsulotni sotib olgandan keyin uning taqdirini chuqur o’ylab, tovarni birinchilar qatorida sotib oladilar. Oddiy iste’molchilar bular novatorlar guruhiga kiruvchi iste’molchilardan keyingi o’rinda turib, yangi tovarlarni oddiy tovarlar kabi qabul qiladilar.
Konservatorlar – skeptiklar, boshqa iste’molchi guruhlari singari, yangi mahsulotlarni ulardan foydalanish tajribasiga ega bo’lganlari uchungina sotib oladilar.
Superkonservatorlar – bu iste’molchilarning shunday guruhiki, ular har qanday o’zgarishlarga shubha bilan qaraydilar, ular yangi tovarlarni faqatgina o’zlarining an’analariga va odatlariga mos kelgandagina sotib oladilar.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda supernovator va novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini o’rganishlari kerak.
Bozorda iste’molchilarning xulq-atvoriga, haridorning shaxs, madaniyati, iqtisodiy ahvoli va psixologik omillari katta ta’sir ko’rsatadi.
Shaxsiy omillar. Iste’molchilarning bozordagi xulq-atvori shaxsiy tartibdagi omillar asosida ham shakllanadi. Shaxsiy omillarga haridorning yoshi, oilaviy hayot tarzi, nima ish bilan shug’ullanishi, oilaviy ahvoli, hayot tarzi kabi sifatlar kiradi.
Ijtimoiy omillar. Ijtimoiy omillarga kichik guruhlar, nazorat guruhlari, oila va yakka shaxsning jamiyatdagi o’rni kiradi.
Iste’molchilarning axloqi va xulq-atvoriga oilaning ta’siri kuchli va turg’un hisoblanadi. Oila yakka shaxsda uning dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Shaxsning jamiyatdagi o’rni ham muhim hisoblanadi. Masalan, shaxs direktor lavozimida ishlayotgan bo’lsa, uning haridorlik xulq-atvoriga ana shu status ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Psixologik omillar. Psixologik omillarga tarkibiga tovar sotib olishni asoslash, qabul qilish, o’zlashtirish, ishontirish va munosabat kiradi. Bu omillar iste’molchilarning xulq-atvoriga katta ta’sir ko’rsatadi. Asosanlash shunday zaruriyatki, natijada inson zaruriyatni qondirish yo’llari va uslublarini izlaydi. Insonlar turli ehtiyoj va xohishga ega. Agar xohish yetarli darajada kuchli bo’lsa, inson ma’lum harakatni amalga oshiradi, ya’ni harid qiladi.
Inson o’z xohishini asoslagandan so’ngra, u harakatni amalga oshirishi mumkin.
O’zlashtirish – bu shaxsning ko’p vaqtlar davomida yig’ilgan tajribalari asosida xulq-atvorida bo’ladigan o’zgarishlardir. Iste’molchilarning xulq-atvoriga ishonch, ya’ni tovar haqida tasavvurga ega bo’lishlik ham ta’sir ko’rsatadi. Ishonishlik aniq bilim, fikr va e’tiqodga asoslanadi. Shu sababli marketologlarning iste’molchilarning sotilayotgan tovar haqida qanday tasavvurga ega ekanligini bilishlari ham foydadan holi emas. Ma’lumki, ishonmaslik ma’lum bir tovarni harid qilishda to’sqinlikni vujudga keltiradi.
Munosabat – bu ma’lum bir predmet va g’oyalarga nisbatan turg’un holdagi yaxshi va yomon baho, fikr va his-tuyg’ularning shakllanishi bo’lib, u haridorlarning xulq-atvoriga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Munosabatni o’zgartirish qiyin, lekin marketing siyosatini shakllantirishda bu munosabatni ma’lum bir munosabatga maksimal darajada moslashtirib hisobga olish talab etiladi.

Download 118.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling