2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja


Download 118.49 Kb.
bet32/33
Sana27.10.2023
Hajmi118.49 Kb.
#1727180
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Maruza 2

Qisqacha xulosalar
Bozor xaridorlardan tashkil topgan bo’lib, xaridorlar esa o’z navbatida bir-biridan ehtiyojlarining har xilligi bilan farq qiladi. Shu sababli, ma’lum bir xususiyatlarga ega bo’lgan aniq tovarni ishlab chmqaruvchi uchun potensial xaridorlarning shu tovarning xususiyatlariga bo’lgan munosabatlarini bilish hayotiy zaruriyati hisoblanadi.
Iste’molchilarning o’xshash belgilarga ega ehtiyojlariga ko’ra bozorni ma’lum bir guruhlarga ajratish jarayoni bozor segmentasiyasi deyiladi.
Marketingda bozorni segmentasiyalash – bu mavjud va potensial iste’molchilardan tashkil topgan iste’mol bozori yoki biznes bozorini iste’molchilarning umumiy xususiyatlariga asoslanib, kichik guruhlarga (segmentlar deb nomlanadi) bo’lish jarayonidir.
Maqsadli bozorni aniqlash marketing faoliyatida muhim tadbir bo’lib hisoblanadi. Maqsadli bozorni aniqlash tanlangan bozor segmentlarining ehtiyojlarini qondirish uchun va provardida tanlangan iste’molchilarning maqsadga erishish uchun qo’llaniladi. Maqsadli bozorni tanlash o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • bozorni segmentlash – buning yordamida bozor alohida guruhlarga ajratiladi (iste’molchilarning talabi, xoxishi, yoshi va hokazolarga qarab);

  • maqsadli bozorni tanlash – korxonaga shunday bir imkoniyatni yaratadiki, aniq maqsad asosida, tanlangan bozor segmentlarining ehtiyojini qondirish uchun ta’sir etish tushuniladi;

  • tovarni bozordagi o’rnini belgilash (pozisiyalashtirish) – tovarni bozorda, qat’iy raqobatbardosh hamda aniq belgilangan o’rnini ta’minlaydi.

Iste’molchilarning xulq-atvori deganda tovar xarid qiluvchilarning tovarni tanlash va sotib olish jarayonida tushinib yetgan xatti-harakatlari-ning majmui tushuniladi. Korxonaning yoki firmaning bozorda samarali faoliyat ko’rsatishida ham ko’p hollarda iste’molchilarning xulq-atvorini o’rganish muhim hisoblanadi. Aynan, iste’molchilarning tovarning har xil xususiyatlariga, baho o’zgarishiga, reklamaga bo’lgan munosabatini yaxshi tu-shunib yetgan firma raqobatchi firmaga qaranganda bir muncha qulayliklarga ega bo’ladi. Shu sababli ham firma va uning ilmiy xodimlari marketing-ning qo’zg’atuvchi omillari va xaridorlarning javob reaksiyalari o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq qilishga ko’p vaqtlarini sarf qiladilar.

Download 118.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling