2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja
Download 118.49 Kb.
|
Maruza 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli jihatlar
5.1-rasm. Korxonaning makro muhiti
Aholi sonining tez sur’atlar bilan o’sishi ko’pgina mamlakatlar rahbarlarini va jamoa guruhlarini tashvishga solmoqda. Birinchidan, planetamiz resurslari bunday miqdordagi aholini boqish uchun yetishmasligi mumkin. Ikkkinchidan, aynan resurslari kam bo’lgan mamlakatlarda aholi soni tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Bunday holat aholining keng assortimentdagi tovarlarga bo’lgan talabini qondirishda muhim muammoni vujudga keltiradi. O’zbekiston Respublikasi ko’p millatli davlat bo’lib unda 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydi, aholisi esa 35 mln.dan ortiq. Keyingi yillarda mamlakatda shaharsozlikni rivojlanishi shahar va qishloq aholisining foizini tenglashtirmoqda. Iqtisodiy muhit. Ma’lumki bozor uchun insonlar mavjud bo’lishi bilan bir qatorda, ularining xarid qilish qobiliyati ham bo’lishligi talab etiladi. Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining darajasi, aholining xarid qilish qobiliyati, shuningdek, inflyasiya, kredit stavkalari, soliq solish stavkalri, aholining joriy daromadlari, iste’mol savatining qiymati kabi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Tabiiy muhit. Korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishida tabiiy muhitning ham roli mavjuddir. Atrof muhitdagi o’zgarishlar korxona ishlab chiqarayotgan va bozorga taqdim etayotgan tovarlarga ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Marketing nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi sharoitda tabiiy xom ashyolar, gaz, oziq-ovqat, yogoch, neft, ko’mir zaxiralarining kamayib borayotganligi natijasida katta muammolar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli bu xom ashyolardan tejab-tergab foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan sanaladi. Masalan, energiyaning qimmatlashuvi asosan neft qazish ishlari bilan bog’liq. Chunki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish jarayonlari yildan-yilga yirik investisiyalarni talab etmoqda. Shu sababli keyingi yillarda quyosh, yadro, shamol va boshqa energiya manbalarini topish borasida muhim izlanishlar va tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy-texnikaviy muhit. Ilmiy-texnikaviy muhit ilmiy texnika taraqqiyoti ta’sirida shakllanadi va korxona faoliyatida muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda bizda qo’llanilib kelayotgan tovarlarning ko’pchiligi bundan 100 yillar avval mavjud bo’lmagan. Bugungi kunda olimlarimiz ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtiruvchi ko’plab yangi texnologiyalar yaratmoqdalar. Ayniqsa informatika va hisoblash texnikasi, biotexnologiya, qattiq jismlar elektronikasi, robototexnika, materialshunoslik sohalaridagi yutuqlarimiz insoniyatni hayratga solmoqda. Bu esa kundan-kunga yangi tovar paydo bo’lishiga zamin yaratmoqda. Biroq, iste’molchilar ishlab chiqarilayotgan va bozorlarimizga kirib kelayotgan bu yangi tvarlarning tahdidsizligi haqida ma’lum bir ma’lumotga ega bo’lishlari zarur. Shu sababli davlat korxonalari bu tovarlarni atroflicha o’rganishlari va aholi salomatligi uchun tahdidli tovarlarning ishlab chiqarilishini qattiq nazorat qilishlari maqsadga muvofiqdir. Siyosiy muhit. Marketing yechimlariga siyosiy muhitda yuz berayotgan voqyealar ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Siyosiy muhit o’z ichiga mulkchilik, tadbirkorlik, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish va reklama munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniyat va qonunlarni o’z ichiga oladi. Shu sababli marketing bo’yicha faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar jamiyatning, iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlarni yaxshi bilishlari kerak. Madaniy muhit. Ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-axloqiy muhit ancha murakkab hodisa bo’lsa ham ko’p jihatdan jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda jamiyatdagi madaniy qadriyatlar insonlarning o’ziga, o’zgalarga, jamiyatga, tabiatga va boshqa jamoatchilik institutlariga bo’lgan munosabatlarida o’z aksini topadi. Korxonada marketologlar marketing yechimlarini topish jarayonida ana shu muhit ta’sirini ham hisobga olishlari zarur hisoblanadi. Korxonani tahlil qilish uchun qo’llaniladigan SWOT tahlil kuchli (strengthc), kuchsiz (weaknessec), imkoniyatlar (opportunitiec) va tahdidlar (threatc) qismlaridan iborat bo’lib, ichki va tashqi muhitni birgalikda o’rganishni imkonini beruvchi keng e’tirof qilingan yondoshuv hisoblanadi. SWOT tahlil usulini qo’llash orqali korxonaga xos bo’lgan kuchli va kuchsiz o’rtasida hamda tashqi tahdid va imkoniyatlar o’rtasida aloqa yo’llarini o’rnatishga erishiladi. SWOT tahlil usuli avval kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlashni, shuningdek, tahdid va imkoniyatlarni, undan so’ng ular o’rtasida korxona strategiyasini aniq ifoda qilish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan aloqa zanjirini o’rnatishni mo’ljallaydi. Tashqi muhit bilan bog’liq bo’lgan tahdid va imkoniyatlar hamda korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlar ro’yxatining quyidagi taxminiy tavsiflar yig’indisidan iborat bo’ladi. Kuchli jihatlar: muqobil moliyaviy resurslarga ega bo’lish; bozordagi yetakchilik mavqyeini egallash; xaridorlardagi yaxshi fikrlarning shakllanganligi; ishlab chiqarish hajmini o’sishda iqtisod qilishga ega bo’lish; kuchli raqobatchi tayziqidan himoyalanish; qulay texnologiyalarga ega bo’lish; xarajatlar doirasida afzallikka erishish; raqobat doirasidagi afzalliklar; innovasion qobiliyatlarni borligi va ularni hayotga tadbiq qilish imkoniyati; yuqori darajali marketing faoliyati; professonal menejmentga ega ekanligi. Download 118.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling