Imkoniyatlar
|
Tahdidlar
|
Kuchli jihatlar
|
KI maydoni
|
KT maydoni
|
Kuchsiz jihatlar
|
KsI maydoni
|
KsT maydoni
|
5.2-rasm. SWOT matrisasi.
Chap tomonda tahlilning birinchi bosqichida korxona faoliyatiga oid jihatlarning barcha ko’rsatkichlari yozilgan 2 ta blok (kuchli jihatlar, kuchsiz jihatlar) ajratiladi. Matrisaning yuqori qismida barcha ko’rsatilgan imkoniyat va tahdidlar yozilgan, yana 2 ta blok (imkoniyatlar va tahdidlar) ajratiladi. Bloklarning kesishishida 4 ta maydon yuzaga keladi: kuch va imkoniyatlar (KI-kuchli imkoniyatlar), kuch va tahdidlar (KT-kuchli tahdidlar), kuchsizlik va imkoniyatlar (KsI-kuchsiz imkoniyatlar), kuchsizlik va tahdidlar (KsT-kuchsiz tahdidlar).
Har bir maydonda tadqiqotchi barcha bo’lishi mumkin bo’lgan juft kombinasiyalarni va korxonaning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda hisobga olinishi kerak bo’lganlarni ajratishi zarur.
Kuch va imkoniyatlar maydonidan olingan juftlikka nisbatan tashqi muhitda paydo bo’lgan imkoniyatlardan sermahsul ishni olib borish uchun korxonaning kuchli tomonlaridan foydalanish strategiyasini ishlab chiqish zarur.
Kuchsizlik va imkoniyatlar maydonida namoyon bo’lgan juftliklar uchun strategiya shunday tuzilishi kerakki, paydo bo’lgan imkoniyatlar evaziga korxonada mavjud kuchsizliklarni yengishga harakat qilish kerak.
Agar juftlik kuch va tahdidlar maydonida joylashgan bo’lsa, u holda strategiya korxona kuchini tahdidlarni yo’qotish uchun foydalanishga qaratilishi kerak.
Nihoyat, kuchsizlik va tahdidlar maydonida joylashgan juftliklar uchun korxona shunday strategiyani tuzishi kerakki, u ham kuchsizlikdan xalos bo’lishiga, ham tahdid qilayotgan tahdidning oldini olishga harakat qilishga imkoni berishi kerak.
Strategiyani ishlab chiqayotganda shuni esda to’tish kerakki, imkoniyatlar va tahdidlar o’zaro qarama-qarshilikka o’tishi mumkin. Foydalanilmagan imkoniyatlar tahdidga aylanishi mumkin, agar undan raqibingiz samarali foydalansa. Aksincha, muvaffaqiyatli bartaraf qilingan tahdid, raqiblar aynan mana shu tahdidni bartaraf qila olmagan holdagina korxona oldida qo’shimcha imkoniyatlar ochib berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |