2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja


Download 118.49 Kb.
bet21/33
Sana27.10.2023
Hajmi118.49 Kb.
#1727180
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
Maruza 2

Qisqacha xulosalar
Marketing muhiti deganda korxona marketing xizmati xodimlarining mijozlar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o’rnatish va bu munosabatlarning saqlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi subyektlar va kuchlarning majmui tushuniladi. Muhit doimiy o’zgarishda bo’lib, korxonaning faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli marketologlar muhit doirasida bo’layotgan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borishlari kerak.
Odatda, ichki va tashqi muhit farqlanadi. Makro muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu yerga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa harakterdagi ta’sirlarning keng spektri kiradi. Mikro muhit yoki ichki sharoitlar omillari firmaning faoliyati va uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining nazorati ostida bo’ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar (segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo’llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini yechish).
SWOT tahlil usulini qo’llash orqali korxonaga xos bo’lgan kuchli va kuchsiz o’rtasida hamda tashqi tahdid va imkoniyatlar o’rtasida aloqa yo’llarini o’rnatishga erishiladi. SWOT tahlil usuli avval kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlashni, shuningdek, tahdid va imkoniyatlarni, undan so’ng ular o’rtasida korxona strategiyasini aniq ifoda qilish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan aloqa zanjirini o’rnatishni mo’ljallaydi.
Tayanch so’z va iboralar. marketing muhiti, ichki marketing muhiti, tashqi marketing muhiti, ta’minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, iste’molchilar, siyosiy omillar, iqtisodiy omillar, demografik omillar, ijtimoiy-madaniy omillar, tabiiy omillar, texnologik omillar, SWOT tahlil.


2.3. Iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi.

Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bўlib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Kўpincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bўlgan potensial iste’molchilarning majmui tushuniladi.


Bozor ma’lum bir qiymatga ega bўlgan turli xil obektlar bўyicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bўlinadi.
Iste’mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni ўzining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan iborat bўlib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa ўz navbatida ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat tashkilotlari bozoriga bўlinadi.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qўllaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning majmui tushuniladi.
Davlat tashkilotlari bozori deganda esa ўz faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bўg’indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar “sotuvchi bozori” va “xaridor bozori”ga bўlinadi.
“Sotuvchi bozori” - unda tovarga bўlgan talab taklifdan oshib ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bўlishiga tўg’ri keladi. Bunday holatda “pul tovar orqasidan yuguradi”.
“Xaridor bozori” - bunday bozorda taklif talabdan kўp, shuning uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xaizmatlar orasidan hohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega bўlib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday holatda “tovar pul orqasidan yuguradi”.
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini “muvozanatli bozor” deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta’minlashning asosiy yўllari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni tўyintirish; yetarli darajada mahsulotlar zahirasini barpo etish; xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bўlmagan mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar.



Download 118.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling