2-mavzu. Marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari (2 soat) Reja


Download 36.98 Kb.
bet2/4
Sana22.03.2023
Hajmi36.98 Kb.
#1287051
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari.

2-masala. Zavod o‘z mahsulotini uchta ulgurji vositachi va chakana magazindan iborat bo‘lgan vositachilar tarmog‘i orqali sotadi. Vositachilardan har biri zavod narxiga nisbatan 30% hajmida ustama narx belgilaydi.
Yakuniy iste’molchi uchun zavod narxiga nisbatan tovar narxi qanday o‘zgaradi?


3-masala. Quyida sanab o‘tilgan shartlar Sizning korxonangiz marketing konsepsiyasidan foydalanishi uchun yetarli ekanligini tahlil qiling:
a) bozor, ya’ni taklif talabdan ustun bo‘lishi zarur;
b) bozorda raqobat, iste’molchi uchun kurash mavjudligi; oligopo­liya (bir nechta raqobat, ko‘plab ta’minotchilar) mavjudligi;
v) ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan ozod bo‘lish, erkin bozor munosabatlari;
g) korxonada ma’muriyatning to‘liq mustaqilligi talab qilinadi (talab darajasida ish haqi belgilanishi);
d) ishchi kuchi erkin migratsiyasi mavjudligi;ye) kapitalni bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa, bir korxonadan boshqa korxonaga o‘tishida cheklovlar yo‘qligi. Foyda qaerda dividend keltirsa, o‘sha yerga joylashtiriladi.


4-masala. Siz — marketing bo‘limi rahbarisiz. Siz xarajatlar nuqtai nazaridan korxona uchun kommivoyajer va savdo vakilidan qaysi biri ko‘proq to‘g‘ri kelishini aniqlashingiz zarur.
Kommivoyajerlar uchun oyiga 1800 so‘m maosh va 2% komission to‘lov; savdo vakili uchun – 600 so‘m miqdorda kafolatlangan maosh va 5% ko­mission to‘lov ko‘zda tutilgan. Ular bir oylik aylanma 320000 so‘mni tashkil qilish kutilayotgan bitta geografik hududda ishlaydi.
a) Firma uchun nima afzal ekanini aniqlang.
b) Oylik aylanma qanday bo‘lganda kommivoyajer va savdo vakili uchun xarajatlar bir xil bo‘lishini aniqlang.
v) Yanada chuqurroq asoslash uchun xarajatlarning qaysi qo‘shimcha moddalari hisobga olinishi zarur?


Testlar
1. Tovar nima?
A. Sotish uchun ishlab chiqarilgan barcha narsalar.
B. Ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
V. Tovar ayirboshlanadigan joy.
G. Iste’mol qilish uchun chiqarilgan tovarlardir.

Download 36.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling