2-Mavzu: Mashg’ulotlar vazifalarini ishlab chiqishning ahamiyati. Mashg’ulotlarning tuzilish xususiyatlari


Download 134.53 Kb.
Sana03.11.2020
Hajmi134.53 Kb.
#140162
Bog'liq
Презентация 2

2-Mavzu: Mashg’ulotlar vazifalarini ishlab chiqishning ahamiyati. Mashg’ulotlarning tuzilish xususiyatlari.


Reja:
  • Mashg’ulotlar vazifalarini ishlab chiqishning ahamiyati. Mashg’ulotlarning tuzilish xususiyatlari.
  • Mashg’ulotlar tuzilishining o’quv muassasalarida tahsil oluvchilarning yosh xususiyatlariga bog’liqligi.
  • Bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni faollashtirish. Amalga oshirish yo’llari.
  • Muammoli va differentsial o’qitishning mohiyati. Mashg’ulotlarning turlari.

  • Tayanch so’z va iboralar: ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish, jismoniy sifatlar, onglilik, milliy g’urur, insonparvarlik, vatanparvarlik, baynalminallik, fuqarolik burchini his etish, vositalar, uslublar



Jismoniy tarbiya darsi turlari

Мезонлар

Кўрсаткичлар

1.

1) kirish darslari;

o’quv yilining, chorakning boshida, shuningdek, dasturning yangi bo’limlarini, masalan, poyga darsidan oldin o’tkaziladi.

Kirish darsida o’quvchilarni darslarning o’tish tartibi, saflanish (o’quv yili boshidagi kirish darslarida, odatda, bo’yiga qarab saflaniladi) tanishtiriladi. Ularga darslarga tayyorlanish, maydonga va zalga kelish haqida, navbatchilarning vazifalari, mashg’ulotlarning uyushgan holda boshlanishi va tugallanishi haqida gapiriladi. Kirish darsi, odatda, sinfda boshlanadi va amaliy mashg’ulot o’tadigan joyda davom ettiriladi

2.

2) yangi material bilan tanishish darslari;

har bir qismida bolalar uchun yangi bo’lgan material mavjud. Bu o’qituvi zimmasiga darsda bolalar oson o’zlashtiradigan qiziqarli materiallarni berish vazifasini yuklaydi.

Bunday darslar ko’p bo’lmaydi. Kirish darsidan so’ng faqat bitta yangi material bilan tanishish darsi o’tilishi mumkin, chunki keyingi darslarda bolalarga avvalgi darsda ma’lum bo’lgan materiallar uchraydi.

Maktabda jismoniy tarbiya bo’yicha quyidagi dars xillari mavjud



Jismoniy tarbiya darsi turlari

Мезонлар

Кўрсаткичлар

3.

3) o’tilgan darsni takomillashtirish darslari;

Takomillashtirish darslarida asosiy vazifa oldin o’rgatilgan mashqlarni bajarish texnikasiga, ko’nikmaning shakllanishiga qaratiladi.

Harakatlanish ko’nikma va malakalarini takomillashtiruvchi murakkablashtirilgan mashqlar hamda o’yinlar qo’llaniladi.

4.

4) aralash darslar;

Amaliyotda ko’proq aralash darslar o’tiladi. Ularda yangi material bilan tanishtirish va o’tilganlarni bajarishni takomillashtirish vazifalari birga qo’shib amalga oshiriladi.

Bu darslarning asosiy qismida yangi materialni mashqlarning bir turida berish va unga nisbatan ko’proq vaqt ajratish lozim.

5.

5) yakuniy darslar

Dars yakunlarini chiqarish. Hisobga olish darslarida ishga yakun yasaladi. O’quvchilarning bilimlari va malakalari tekshiriladi hamda baholanadi.

Bunday darslar chorak oxirida o’tiladi, lekin ular chorak o’rtasida ham, yilning ikkinchi yarmi davomida ham o’tilishi mumkin. Yakunlovchi darslar oldindan rejalashtiriladi. O’quvchilar bundan xabardor bo’lishlari va unga muntazam tayyorlanishlari lozim.

O’quvchilarni jismoniy tarbiyalash tizimi hamda ta’lim va tarbiya berish jarayoni umumiy asosga ega. Maktabdagi har bir o’quv fani kabi jismoniy tarbiyaning ham asosiy maqsadi o’quvchilarni muayyan bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda jismoniy sifatlarini tarbiyalashdir. SHuningdek. aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyalarini amalga oshirish ham jismoniy tarbiyaning maqsadlari sirasiga mansub. Amaliy mashg’ulotlarda bolalar jismoniy mashqlarni bajarish haqidagi eng kerakli bilimlarni oladilar. Shu jarayonda ular mashqlarni bajarishga doir zarur ko’nikma va malakalarni hosil qiladilar. Ko’p martalab takrorlash natijasida mashqlar oson, erkin, hech bir qiyinchiliksiz bajariladi, uni bajarishga oid muayyan malaka hosil bo’ladi. Egallangan malakaning bundan so’ng takomillasha borishi natijalarning miqdori va sifatini oshiradi. Ta’lim va tarbiya mazmunini boyitishda o’quv vositalarining o’rinli va maqsadga muvofiq tarzdagi uzviyligiga e’tibor berish muhim vazifalardan hisoblanadi. Uzviylikka tayangan holda bolaning har bir harakati uchun shart-sharoit yaratib, ishga ijodiy munosabatda bo’lishni ta’minlash zarur. O’quv faoliyatini tashkil etish tizimini to’g’ri, aniq tanlash darkor. U dars ta’lim tarbiyaning asosi ekanligini hisobga olib yondoshishni talab etadi.

Dars tuzilish tartibining mazmuni, yo’nalishi, mustahkamlanishi, yakunlanishi, yangicha bo’lishi va o’quvchilarning qoniqishiga to’la erishish kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi.

O’quvchilarda jismoniy tarbiya sohasidagi kerakli bilimlar, ko’nikma va malakalarni shakllantirib borib, onglilik, milliy g’urur, insonparvarlik, vatanparvarlik, baynalminallik, fuqarolik burchini his etishdek zarur fazilatlar tarbiyalanadi.

O’yinlarda qoidaga rioya qilish, darsda jamoat topshiriqlarini yaxshi bajarish (navbatchilik, sherigini muhofaza qilish, jihozlarni tarqatish va yig’ib olish), sofdillikni, vijdonlilikni, o’ziga topshirilgan ish uchun mas’uliyatni tarbiyalashga ko’maklashadi.

Muvozanat saiqlash mashqlari, sakrash, tirmashish, tog’dan tushishda qiyinchilklarni yengish, shuningdek, mashqlardagi turli murakkab harakatlar jasurlik, mardlik, qat’iylik kabi xislatlarni namoyon qiladi.

Mashqlarni bajarishdagi o’zaro yordam va o’yinda bir-birini qo’llash, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish, bolalarda do’sglik, o’rtoqlik, birodarlik hissini rivojlantiradi.

Darsdagi belgilangan tartibga amal qilish, o’quvchilarning tashqi ko’rinishiga talabchanlik, ozodalik, saranjom-sarishtalik, aniqlik va ixchamlikni yuzaga keltiradi.

O’rgatish bosqichlari

1. Harakat faoliyati bilan tanishish

2. Harakat faoliyatini boshlang’ich tarzda o’rganish

3. Egallangan oddiy ko’nikmani mustahkamlash

4. Har xil sharoitda malakani qo’llashga o’rgatish

O’rgatishning birinchi bosqichini- tanishtirish bosqichi deb atash mumkin. Uning bosh vazifasi shug’ullanuvchining harakat faoliyatini to’g’ri bajarishi uchun zarur bo’lgan tushunchani egallashiga, faoliyatni ongli va faol o’zlashtirishiga qiziqish uyg’otish hisoblanadi. Ikkinchi bosqichning asosiy vazifasi yetakchi harakatlar va texnika asoslarini o’rgatish, ularning bajarilishini barqarorlashtirishdan iborat. Uchinchi bosqich egallangan elementlar (oddiy) ko’nikmani mustahkamlash bosqichi hisoblanadi. Uning bosh vazifasi harakat malakasini asosiy variantda shakllantirish va ko’nikmani shakllantirish uchun asos yaratib, ulardan har xil sharoitlarda foydalanish. Oxirgi bosqichning vazifasi- o’quvchining egallagan malakasini maishiy, mehnat va sport faoliyatida erkin qo’llashga o’rgatish hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya jarayonida o’quvchi o’qituvchisi rahbarligida dasturning har bir yosh guruhi talablariga muvofiq harakat ko’nikmasi va malakasini egallaydi. Turli harakatlarga o’rgatish jarayonida ko’nikma va malakalarni shakllantirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan uzviy mushtaraklikda amalga oshiriladi. Jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasida bolalarning harakat faolligi muvaffaqiyati va harakatlarning yangi shakllarini egallash qobiliyati ulardan maqsadga muvofiq foydalana olishi bilan belgilanadi.

Bu jarayon quyidagi tarzda kechadi:

- harakat faoliyatiga o’rgatish


  • harakat ko’nikmasining shakllanishi
  • harakat malakasining shakllanishi
  • oliy tartibdagi harakat malakasining shakllanishi
  • maxsus bilimlarni egallash.

  • Harakat ko’nikmasi o’quvchining har bir harakatni, o’rganiladigan harakat faoliyatini bajara olish qobiliyati yoki harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi.

Harakat ko’nikmasining ikki turi farqlanadi.
  • Yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirish.
  • Murakkabligiga ko’ra turlicha bo’lgan ayrim harakatlarda ifodalanadi.

  • Birinchi turdagi ko’nikmalar o’zgaruvchan sharoitda to’satdan vujudga keladigan harakat vazifalarini hal etish zarurati, masalan, o’yinlar, kurashlar va boshqalar bilan bog’liq.

    Bunday holda harakat faoliyati doimo ongli va allaqachon o’zlashtirilgan harakatlar hamda shakllangan jismoniy sifatlarning ijodiy qo’llanilishi bilan tavsiflanadi. Boshqa harakat ko’nikmalariga kelsak, ular asta-sekin ko’nikmaga aylana boradi, bunda rivojlanish harakat texnikasining dastlabki egallanganidan yanada yuksaklikka, uni takomillashtirishgacha boradi.



    Harakat malakasi — bu, harakat texnikasini egallash darajasi bo’lib, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o’zining juda ishonchliligi bilan ajralib turadi. Bunda har bir alohida harakatni bajarish usulini avtomatlashtirish u yoki bu harakatni ongli tushunishni umuman istisno etmaydi. Ong qo’yilgan vazifalarni bajarish, harakatlarni nazorat qilish va harakat vazifalarini bajarishning to’satdan o’zgarib turadigan sharoiti bilan bog’liq ravishda, ba’zi hollarda hatto malakani g’ayri avtomatik tarzda qo’llash uchun zarurdir. Ko’nikma muntazam bo’lganda, harakat aktining turli variantlaridan foydalanish mumkin. Biroq uning texnik asoslari (masalan, turli variantlarda yugurish) saqlab qolinadi.

O’z navbatida, harakat faoliyatining o’zgarishi bir muncha yuksakroq ijodiy yo’sindagi yangi ko’nikmaning vujudga kelishiga yordam beradi. Bu o’zlashtirilgan malakani butun bir faoliyatga qo’llash va harakatlarni bajarish uchun eng munosib, juda ma’qul variantlarni tanlab olishga imkon yaratadi. Harakat malakasini shakllantirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro harakatdagi dinamik steriotipi yuzaga kelish jarayonidan iboratdir. Bunda ikkinchi sigaal sistemasi ustunroq bo’ladi. Amalda bolalarni harakatlarga o’rgatishning bunday jarayonida o’qituvchining bola ongiga ta’siri — mashqning maqsad va vazifasini tushunishga yordam beruvchi so’zi katta ahamiyatga ega bo’ladi. U harakat analizatorida vujudga keladigan barcha sezgilar majmuasiga ko’ra kuchliroq qo’zg’atuvchi hisoblanadi. Bu paytda bosh miya po’stlog’ida ko’p sonli asab torlari o’rtasida muvaqqat bog’lanishlar vujudga keladi: harakat va vegativ analizatori, idrok etuvchi turli sistema va organlarning faoliyati uyg’un bo’ladi.

HARAKAT FAOLIYATI — BOLA ORGANIZMINING TO’G’RI O’SISHI VA RIVOJLANISHINING ZARURIY SHARTI

Jismoniy tarbiya jarayonidagi ta’limning asosiy xususiyati bu, o’rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilganligidir. Shu narsa harakterliki, o’rgatish shug’ullanuvchining jismoniy rivojlanishi bilan mahkam bog’langan bo’ladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotining turli sohasi bo’lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o’qitish muallim va o’quvchining birgalikdagi ijodiy faoliyatidan tashkil topadi, bunda o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida o’rgatish natijasi jismoniy ma’lumot hisoblanadi. Harakat faoliyatiga o’rgatish (yoki jismoniy mashqni o’rgatish, agar konkret harakat faoliyati bo’ladigan bo’lsa) — bu, kichkina pedagogik vazifa demakdir. Harakat faoliyatiga o’rgatish deganda, jismoniy mashqni o’rgatish, konkret harakat faoliyati va bilim berish uchun materialni o’rgatish nazarda tutiladi.



KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR RIVOJLANISHINING YOSH XUSUSIYATLARI

Bolalarni jismoniy tarbiyalash favqulodda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, u bolani har tomonlama jismoniy rivojlantirish, organizmini chiniqtirish, jismoniy tarbiya mashg’ulotiga bo’lgan intilish va qiziqishlarini hosil qilishdan iborat. Bu muhim vazifalarni hal etish faqat bola organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlarini qat’iy hisobga olish yo’li bilan amalga oshiriladi, uning o’sish va rivojlanishidagi asosiy qonuniyatlar e’tiborga olinadi. Yoshiga qarab rivojlanishning asosiy mohiyati faqat tana o’lchamining o’zgarishiga ko’ra belgilanmaydi, u asosan organizmning o’ziga xos funktsional o’zgarishiga, astasekinlik va ketma-ketlik bilan oliy asab faoliyati rivojlanish xususiyatlarining shakllanishiga asoslanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar bosh miyasining yarim sharlari doimo o’sib, rivojlanib boradi. Bu yoshdagi bolalar miyasining yarim sharlari katta odamlarnikidan (relьfi) yuza tuzilishi bilan farq qiladi.

Bolalar taxminan 9-10 yoshga kirganda miya yarim sharlarining egriliklari bilan egatlari xuddi katta yoshdagi kishilarniki kabi holatni egallaydi. Katga yarim sharlarining, qanday bo’lmasin, biror qismi qo’zg’alganidan keyin, uning qo’zg’aluvchanligi susayadi va, aksincha, o’sha qismi tormozlangandan keyin qo’zg’aluvchanligi orta boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda qo’zg’alish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarnikiga qaraganda bir muncha turg’unroq bo’ladi, bu hol kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqat-e’tiborining uzayishiga olib boradi, demak, jismoniy tarbiya darslarida o’tilayotgan o’quv materialini ancha uzoq tushuntirishga, birinchi sinfdan yuqoriroq sinflarga o’tgandan keyin esa tushuntirish muddatini asta-sekin uzaytirib borishga imkon beradi. Biroq kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yoshi ulg’aygan sari ularda qo’zg’alish turg’un bo’lmaydi, balki uning tormozlanish kuchi ortib boradi. Irradiatsiya bir muncha jadalroq o’tadigan va kontsentratsiya ancha keskin ifodalanadigan bo’lib qoladi, shu bilan birga, o’zaro induktsiya ham tezlashadi va kuchayadi.

SHu tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda harakatlar koordinatsiyasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarnikiga qaraganda anchagina mukammal bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning muskullari faoliyati uzoqroq davom etadi, ularning jismoniy tarbiya darsidagi harakat faoliyatini bajarishi birmuncha aniqroq bo’ladi. O’sish xususiyatlarini tibbiy-biologik kuzatishlar, odam organizmining rivojlanishi va o’sishi jarayonlari hayotiy faoliyatni alohida fazalarga ajratish imkonini beradi. SHunga asosan, fanda yoshlarni (umrni) davrlash ishlab chiqildi. Davrlar miqdor va sifati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Miqdor jihatdan o’zgarish asta-sekinlik bilan yuz beradi, so’ngra juda qisqa davrda organizm o’z rivojlanishshshng yangi sifat holatiga o’tadi, ya’ni yangi fazasiga kiradi. Organizm funksiyasi va morfologik o’zgarishi, hayot davrining mazmunidagi xilma-xil tomonlarini hamda ularning bir-biridan farqlanish xususiyatlarini jismoniy mashq mashg’ulotlari paytida hisobga olish zarur.

Hozirgi vaqgda fanda inson tushigan kundan yetuk yoshiga erishguncha uning umri quyidagi yosh davrlariga ajratiladi. Insonning o’sishi va rivojlanishi xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan jarayonni ilmiy asosda boshqarish maqsadida, quyidagicha, davrlash qabul qilingan. Bolalar organizmining o’sish va rivojlanish jarayoni notekis va intensiv ravishda takomillashadi. Ular hamma vaqt parallel ravishda bormaydi. Bo’yning nisbatan sekin o’sishi davrida ba’zi organlar funksiyalari rivojlanishining kuchli taraqqiyoti kuzatiladi. Umuman, bolalar organizmi plastik va sirtdan bo’ladigan sezilarli darajadagi taassurotlarga tez beriladi. Bu esa uning sifat jihatdan o’zgarishiga va qayta ko’rilishiga olib keladi. Jismoniy mashqlar, biologlar nuqtai nazaridan, tashqi ta’sir etuvchi (qo’zg’ovchi) vosita hisoblanadi. Natijada organizmda tegishli o’zgarishlar sodir bo’ladi hamda jismoniy rivojlanish va funktsional ko’rsatkichlarning ma’lum siljishlariga olib keladi. Masalan, tana uzunligi, ko’krak aylanasi va o’pkaning tiriklik sig’imi, muskul kuchi va boshqalar.

Maktabda bolalarni o’qitish 6-7 yoshdan boshlanadi. Bu kichik maktab yoshidagi davrning boshlanishiga to’g’ri keladi. U 10-11 yoshgacha davom etadi. Tana uzunligining yillik o’zgarishi bu davrda o’rtacha 45 sm ga teng, tana massasi 23 kg, ko’krak aylanasi 1,52 sm.



YOSHNI DAVRLASH

Davr yosh

Yangi tug’ilganlik 1-10 kunlik 1 yoshgacha

Ko’krak yoshi 1 yoshgacha

Ilk bolalik 1-3 yosh

Birinchi bolalik 4-7 yosh

Ikkinchi bolalik 8-12 yosh (o’g’illar) 8-11 yosh(qizlar)

O’smirlik 13-16 yosh (o’g’ill 12-15 yosh (qizlar)

O’spirinlik 17-21 yosh (yigitlar) 16-20 yosh (qizlar)


ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !


Download 134.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling