2-mavzu: Mashinalarni ta’mirlashni tashkil qilish metodlari va usullari


-rasm. ATK MTXning agregat ustaxonalar usulida tashkil etish


Download 1.69 Mb.
bet2/3
Sana09.01.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1085617
1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza

2.3-rasm. ATK MTXning agregat ustaxonalar usulida tashkil etish

Ushbu usulda ustaxonaga biriktirilgan agregat, uzel va tizimlarga TXK va JT ishlarining sifatiga moddiy va ma’naviy javobgarlik konkretlashadi. Ustaxonalar ishlarining natijalari avtomobillarni texnik nosozliklar bo’yicha ta’mirlashda turish muddatlariga qarab baholanadi.


Ustaxonalar orasida ishlar ishlab chiqarish dasturiga va harakat vositalarining ekspluatatsiya qilish jadalligiga qarab taqsimlanadi. ATK lari quvvatining katta-kichikligiga qarab ustaxonalar soni 4 dan 8 tagacha bo’lishi mumkin. TXK va JT ishlari ishchi postlarda va tegishli ustaxonalarda bajariladi.
Agregat ustaxonalar usuli yuqorida ko’rilgan ikki usuldan so’zsiz afzalliklarga ega bo’lishiga qaramay, kamchiliklarga ham ega. Bulardan asosiysi-ishlab-chiqarishni nomarkazlashuvidir, bu esa ishlab chiqarishni tezkor boshqarishni qiyinlashtiradi.


TXK va JT ishlarini tashkil etishni markazlashgan tizimi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’pchilik avtotransport korxonalari transport vositalarining soni keskin qisqarishi oqibatida ishlab chiqarish maydonlarining ortib qolishi, texnologik jihozlardan foydalanish samarasining pastligi, harakatdagi tarkiblarga TXK va JT ishlarini boshqarishning yangi, zamonaviy tashkiliy usullarini qo’llashni taqozo etmoqda.
SHulardan biri-ishlab chiqarishni markazdan boshqarish tizimidir.
Ushbu tizim quyidagi asosiy tamoyillarga, tayanadi:
-harakatdagi tarkibga TXK va JT ishlashi jarayonini boshqarish ishlab-chiqarishni boshqarish bo’limi(ICHTB) tomonidan amalga oshiriladi.
-TXK va JT ishlarini tashkil etish ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan texnologik tamoyil asosida shakllantiriladi va unda har bir texnik ta’sir o’tkazish(TXK-1, TXK-2, JT va boshqalar) maxsuslashtirilgan brigadalar tomonidan bajariladi.
-bir-biriga O’xshash turli texnik ishlarni bajaruvchi bo’linmalar, boshqarish qulay bo’lishi uchun ishlab chiqarish komplekslariga birlashtiriladi;
-ishlab chiqarishni tayyorlash-aylanma fondlarni butlash, agregat, uzel va detallarni ish joylariga yetkazib berish, ta’mirlanadiganlarini yuvish, sa-ralash, ishchilarni asbob-uskunalar bilan ta’minlash hamda avtomobillarni TXK, JT va kutish mintaqalarida joydan joyga ko’chirish ishlab chiqarishni tayyorlash kompleksi tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi. Bu esa, avtomobillarni TXK va JTda turish vaqtini qisqartiradi, ishchi va xodimlar vaqtini tejaydi;
-ishlab-chiqarishni boshqarish bo’limi hamma ishlab-chiqarish bo’linmalari bilan bog’lanish, ular orasida axborot bilan almashish-ikki yoqlama dispetcherlik aloqalariga, avtomatika va telemexanika vositalariga asoslanadi.
ATK texnik xizmatining markazlashgan boshqaruv tuzilmasi 2.4-rasmda keltirilgan. ATK quvvatining katta-kichikligiga qarab texnik xizmatning tarkibi o’zgarishi mumkin. Ammo asosiy qoidalar saqlanib qoladi. Endi, ishlab chiqarish komplekslari, texnik xizmat bo’limlarining tarkibi va vazifalarini ko’rib chiqamiz:
Bosh muhandis-transport vositalari texnik holatini talab barajasida ushlab turishga, TXK va JT ishlarini tashkil etishga, extiyot qismlar va moddiy resurslar zahirasini ta’minlashga mas’ul.
Boshqaruv markazi(BM)-tezkor boshqaruv bo’limi(TBB) va axborotni qayta ishlash va tahlil bo’limi(AB) dan tashkil topgan bo’lib, ularga BM boshlig’i rahbarlik qiladi. Tezkor boshqaruv bo’limi ishlarini dispetcher va uning yordamchisi-texnik operator bajaradi.
Tezkor boshqarish bo’limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- kun davomida TXK, diagnostikadan o’tadigan, ta’mirlanadigan avtomobillar sonini, nihoyasiga yetmagan ishlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, yechimni topish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;
- jadval bo’yicha 1-TXK va 2-TXK o’tishi zarur bo’lgan avtomobillarni diagnostika va texnik xizmat ko’rsatish mintaqalariga yuboradi va ishlarning vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
- ta’mirlashga kelgan avtomobillarni postlarga taqsimlaydi va ishchilarni biriktiradi, zarur ehtiyot qismlar va materiallarni yetkazish haqida topshiriqlar beradi, ishlarni vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.
Axborotni qayta ishlash va tahlil bo’limi(AB)-ishlab chiqarish holati, texnik xizmat ko’rsatilayotgan, ta’mirlanayotgan avtomobillar haqida ma’lumotlar to’plash, ularni ishlov berish, tahlil qilish va boshqaruv tizimiga yetkazish vazifalari yuklanadi.
AB zamonaviy kompьyuterlar, aloqa vositalari bilan jihozlanadi.
AB-1-TXK, 2-TXK, diagnostika, joriy ta’mirlashga kelgan avtomobillar, ularga sarf qilinayotgan ekspluatatsion materiallar, ehtiyot qismlar, agregat va uzellar haqidagi ma’lumotlarni to’playdi, ishlov beradi, tahlil qiladi va saqlaydi. SHu bilan bir qatorda avtomobillarning kunlik yurgan yo’lini, sarf qilinayotgan Yonilg’i-moy mahsulotlari, maxsus suyuqliklar, shinalar, akkumulyator batareyalarining hisobini olib boradi.
Axborotni qayta ishlash va tahlil bo’limi quyidagi asosiy ishlarni amalga oshiradi:
- avtomobillarga TXK va JT, ehtiyot qismlar, agregatlar ajratish bo’yicha to’ldirilgan birlamchi hujjatlarni qayta ishlash uchun qabul qiladi va ularni kompьyuterga kiritadi, to’plangan axborotlarni dasturlashtirilgan tizim asosida kompьyuterda qayta ishlaydi, shakllantiradi saralaydi, tartibga keltiradi hamda ishlab chiqarish komplekslari va bo’limlari bo’yicha tahlil qiladi, natijalarni boshqaruv markaziga va rahbariyatga yetkazadi. to’plangan va ishlov berilgan axborotlar asosida rahbariyat zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi va topshiriqlar beradi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash kompleksi TXK, diagnostika, JT mintaqalariga zarur ehtiyot qism, detal, agregat va uzellar yetkazib beradi.
ATK omborlarida material, Yonilg’i-moy mahsuloti, ehtiyot qism, agregat va uzellar zaxirasini ta’minlaydi. Avtomobillardan yechilgan nosoz agregatlarni yuvish, ajratish-yig’ish, detallarni saralash yaroqsizlarini yangisiga almashtirish, butlash va nihoyat, ularni kapital ta’mirlash, agregatlarning aylanma fondini tashkil etadi.
Boshqaruv markazining boshlig’i tayyorlash kompleksi va ta’mirlash ustaxonalari boshliqlari bilan birgalikda oraliq va asosiy omborxonalardagi ehtiyot qismlar zahirasi va mavjud ta’mir fondi haqidagi ma’lumotlarga tayanib, ta’mir uchastkalarida agregat qism va detallarni ta’mirlash(yasash) uchun reja ishlab chiqadi. SHu rejaga asosan tayyorlash kompleksining butlash ustaxonasi ta’mirlash ustaxonalariga nosoz detallarni yetkazib beradi, ta’mirdan chiqqan(yangi yasalgan)larini esa, asosiy yoki oraliq omborxonalarga eltib beradi.


Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling