2-mavzu: Mashinalarni ta’mirlashni tashkil qilish metodlari va usullari


Download 1.69 Mb.
bet3/3
Sana09.01.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1085617
1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza

2.4- rasm
Moddiy-texnik ta’minot bo’limi ATKni uzluksiz ravishda ehtiyot qism, agregat, material, Yonilg’i mahsulotlari bilan ta’minlab turadi. Ularga buyurtmalar tuzadi va ombor xo’jaligi ishlarini tashkil etadi. Moddiy-texnik ta’minot bo’limi ixtiyorida asosiy ombordan tashqari oraliq ombori ham bo’ladi. Oraliq omborxonada ishlab chiqarish ustaxonalarida ta’mirlangan yoki yasalgan, avtota’mir zavodlarida kapital ta’mirlangan agregat, uzel va detallar saqlanadi. Omborxonalardagi zahiralar miqdori hisobini olib borish va me’yorda ushlab turish uchun kompьyuterlardan, avtomatlashtirilgan boshqarish vositalaridan foydalaniladi.



2.4 - rasm

Texnik bo’lim ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish reja va tadbirlarni ishlab chiqadi, bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi. Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi tadbirlarini ishlab chiqadi va o’tkazadi. Xodimlarni tayyorlash, ishchi va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirish bo’yicha o’qishlar tashkil etadi. Nostandart texnologik jihozlarni loyihalash, tayyorlash, ishlab chiqarishni takomillashtirish va ustaxonalarni texnik qayta jixozlash ishlarini amalga oshiradi.


Texnik nazorat xizmati ATK da transport vositalari texnik holatini ishga chiqishdan oldin va ishdan qaytgandan so’ng nazorat qiladi. Transport vositalariga TXK va JT ishlarini, korxonaga keltirilayotgan ehtiyot qism, material, Yonilg’i-moy mahsulotlari, ta’mirlangan agregatlar sifatini nazorat qiladi. Texnik nazorat xizmati boshlig’i qo’l ostida texnik nazorat ustalari va mexaniklari ishlaydi.
Nazorat bo’yicha ish hajmlari yetarli bo’lmaganda xizmatni ba’zi funktsiyalari birlashtiriladi, filiallarda nazorat mexaniklari TXK, T ishlarini sifatini hamda transport vositalari texnik holatini nazorat qiladi.

Nazorat savollari


1. Texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejali-oldini olish tizimi;
2. Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash korxonalarida mehnatni tashkil qilish shakllari.
Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling