27-bilet. Lokomotivlarga depoda texnik xizmat ko‘rsatish tizimi


Download 27.31 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi27.31 Kb.
#1499137
Bog'liq
27-bilet


27-bilet.
1.Lokomotivlarga depoda texnik xizmat ko‘rsatish tizimi
Temir yo‘l transportida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning rejali-oldini olish tizimi, ya’ni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning tartiblashtirilgan bajarilishi qabul qilingan. Bu tizimga quyidagilar xos:
- lokomotivlarning me’yorlashtirilgan yo‘l bosib o‘tilganidan yoki 58-N buyrug‘ida belgilangan ishlash vaqti o‘tganidan so‘ng ta’mirlashga qo‘yilishi;
- ta’mirlash ishlarining qayd etilgan (belgilangan) hajmi;
- ta’mirlash ishlarining profilaktika tarzida, ya’ni uskunalar ishdan chiqqanidan keyin emas, balki avvaldan, ularning oldini olish maqsadida amalga oshirish;
- turli murakkablik darajasiga ega ta’mirlashlarning navbati va ularning ma’lum ta’mirlararo bosib o‘tilgan yo‘ldan so‘ng takrorlanishi.
Texnik xizmat ko‘rsatishlar va ta’mirlashlarda bajariladigan ishlar. TXK-1 texnik xizmat ko‘rsatish. THT ga xizmat ko‘rsatishning ana shu turi, yana xizmat ta’miri deb nom olgan bo‘lib, lokomotiv brigadalari tomonidan lokomotivni asosiy va aylanma depo yo‘llarida qabul qilish-topshirishda, lokomotiv brigadalari almashinish punktlarida, stansiya yo‘llarida, oraliq stansiyalarda to‘xtaganda va yo‘l davomida bajariladi. TXK-1 paytida bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ekipaj qismi, hamda nosozligi lokomotiv xavfsizligiga tahdid qiladigan boshqa uzel va detallar (tormoz uskunalari, qum idishlari, tezlik o‘lchagich, radiostansiya, lokomotivning avtomat signalizatsiyasi) holatini tekshirish kabilar kiradi. Bundan tashqari, lokomotivni qabul qilishda belgilangan joylarda plombalar mavjudligi, asboblar inventar, ehtiyot qismlar va signal ashyolari borligi va ular holati tekshiruvdan o‘tkaziladi.
2.Teplovoz deposining yonilgi-moy xojaligi:
Lokomotiv dvigatelining issiqligi, boshqarilmaydigan dvigatel qismlariga shikast etkazishi va dvigatelning va uning biriktirilgan qismlarini qisqartirishi mumkin. Samarali radyator tizimi lokomotiv tog'da yoki tekis joylarda yoki issiq yoki sovuqda ishlashiga qaramasdan, vosita va tarkibiy qismlarni tegmaslik ish haroratida saqlaydi. Lokomotiv radiator tizimi asosan havo, suv va yog'ni sovutadi. Havo yonish jarayonida ishlatiladi; Dvigatelni va turbani sovutish uchun suv (agar mavjud bo'lsa); va vosita qismlarini moylash uchun moy. Radiatorlar tizimi lokomotivdan tashqaridagi havo havosidan qat'i nazar, vosita deyarli bir xil haroratda ishlaydi. Bu maksimal ot kuchini har doim mavjud bo'lishiga imkon beradi va dvigatel va uning moylarini umrini uzaytiradi. Yoqilgi xojaligining qurilmalari majmui oz ichiga quyidagilarni oladi: dizel yoqilgisini tokish, haydash va isitash uchun moljallangan uskunalar, lokomotivga yoqilgi uzatish uchun transport kommunikatsiyalari va qurilmalari, hisoblagichlar apparaturasi, dizel yoqilgisini separatsiyalash uskunalari, yonginga qarshi vositalar, xizmat-maishiy xonalar.
3.''O'zbekiston Temir Yo'llari'' AJ ning 361-N buyrug'ida nimalar keltirilgan?
Rejali texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda majburiy ishlarning hajmlari va bajarilish tartibi, yaroqsizga chiqarish alomatlari va detallar va yig‘ish birliklarini
tiklashning yo‘l qo‘yiladigan uslublari belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan amaldagi ekspluatatsiya va ta’mirlash hujjatlari orqali tartibga solinadi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning magistral teplovozlariga davriy texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning o‘rtacha me’yorlari O‘zbekiston temir yo‘llari raisining 361-N buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ buyrug‘i (№361-N 12.04.2021) ga asosan kundalik texnik qarov (TXK-1) ni o‘tkazish, (lokomotivni topshirish va qabul qilish) 20-30 daqiqa davom etadi.
Download 27.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling