2-mavzu: Maxsus fanlarni o‘qitish mazmuni va yullari. (2soat) Taъlim maqsadi: Maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini boyitish yo‘llari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»


Download 30.46 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi30.46 Kb.
#1009132
1   2   3   4
Bog'liq
2-маъруза

Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyilga asosan talabalarga ilmiy jihatdan asoslangan va amalda sinalgan bilimlar bayon etiladi. Bunda, o‘rganilayotgan mutaxassislik buyicha ishni tashkil qilishning zamonaviy usullari, fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va ularning rivojlanish istiqbollariga oid bilimlar berish lozim.
Ilmiylik tamoyili o‘quv materiali mazmunidagina emas, balki o‘qitish jarayonining barcha bo‘g‘inlarida o‘z ifodasini topishi kerak. O‘qituvchi o‘z faoliyatida taъlimning pedagogik, psihologik jihatdan erishgan yutuqlari, taъlimni tashkil etishning zamonaviy samarali usullaridan va ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitishning samarali metodlaridan foydalanishi zarur. CHunki, bular talabalar faolligini oshiradi va bilimlarni o‘zlashtirish darajasining kengayishiga olib keladi.
Nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili. Bu tamoyilga asosan maxsus fanlarni o‘qitishda talabalarga kasb-hunar kollejini tugatgandan keyin amaliy faoliyatida va ishlab chikarish amaliyotiga bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashishlari uchun zarur b¢lgan bilimlar beriladi. Bu tamoyilga ko‘ra o‘qituvchi nazariy taъlimni laboratoriya-amaliy va ishlab chiqarish taъlimi bilan bog‘langan holda olib borishi, xamda talabalarning olgan bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llay olish kunikmalarini shakllantirishi zarur.
Bu tamoyil taъlimning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog‘langandir. O‘quvchilar ilm bilan qurollanar ekan, ilmni nazariy jihatdan urganar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bulganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etayotgani, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar ilmni tobora rivojlantira borishini, ilm esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ¢qitish usullari, taъlimni tashkil etish shakllari ham nazariya va amaliyotning birligiga asoslanadi.
Ishlab chiqarish taъlimi o‘quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko‘nikmalari hosil qiladilar. SHu bilan birga nazariy bilimlarga ham aniqlik kiritib boriladi. O‘quvchilarning korxonalarda o‘tkazadigan ishlab chiqarish amaliyot mashg‘ulotlari o‘qishni unumli mehnat bilan bog‘lab olib borishning yakunlovchi bosqichidir. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bajarayotgan hamma ishlari orqali ularda fan asoslarini o‘rganish va mehnatga bo‘lgan qiziqish, intilishi tobora rivojlanadi, mehnatga bo‘lgan muhabbat, mehnat ahliga hurmat, ehtirom kamol topadi.

Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling