Kompaniya haqida


Download 119.5 Kb.
bet1/9
Sana11.01.2023
Hajmi119.5 Kb.
#1087952
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'zbektelekom tarixi


O’ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Iqtisod va boshqaruv” fakulteti


________________ ” fanidan





Mavzu: _________________________________________________

120-09 Mu guruh talabasi


Bajardi:_________________
Tekshirdi:_________________

Toshkent – 2011




Reja:

I.Kirish……………………….……………………..3


II. Asosiy qism…………………….………………4


1. Kompaniya tarixi……………………….………4


2. Kompaniya istiqbol rejasi…………….………..6
3. Filiallari………………………………..……….10
4. 2010-yil “Barkamol avlod yili” sarhisobi…….12

III. Xulosa…………………………………………14




KIRISH
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan o‘rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishmoqdamiz.
Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam – ya’ni o‘rta sinf yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirishdan, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko‘p manfaatdordir. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Sizlarga yaxshi ma’lumki, keyingi yillarda yurtimizda ushbu soha rivoji uchun qulay tadbirkorlik muhiti yaratish va uni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilindi. Bu haqda ko‘p gapirmasdan, birgina misol keltirish kifoya, deb o‘ylayman. Agar 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 30 foizi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, qisqa bir davrda, ya’ni 2010 yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich qariyb 53 foizga yetishi kutilayotgani, hech shubhasiz, ana shunday ishlarimizning mantiqiy samarasidir. Bu haqda so‘z yuritganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik odamlarimiz uchun yangi ish o‘rinlari ochish, barqaror daromad manbalarini yaratishning eng muhim omiliga aylanayotganiga alohida e’tibor qaratmoqchiman. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi ish bilan band aholining 74 foizdan ortig‘i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ham shundan dalolat beradi. O‘zingiz o‘ylang, aziz do‘stlar, agarki yurtimizda shu sohaga o‘z vaqtida katta e’tibor qaratib, uning rivoji uchun har tomonlama yo‘l ochib bermaganimizda bugun bizning kuch-quvvatga to‘lgan yoshlarimiz boshqalarga o‘xshab qayoqqa ish izlab borardi, kimlarga muhtoj va qaram bo‘lib kun ko‘rar edi? Shu haqida o‘ylash, buning oldini olish davlat hokimiyati idoralarining asosiy burchidir. Joriy 2010 yilning o‘zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 480 mingta yangi ish o‘rni ochilgani ham yuqorida zikr etilgan fikrning yaqqol tasdig‘i, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.Eng muhimi, bu ish o‘rinlarining 60 foizdan ortig‘i qishloqlarimizda tashkil etilmoqda. Mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda yashashini hisobga oladigan bo‘lsak, bu raqamlarning ijtimoiy ahamiyatini, o‘ylaymanki, tushunish qiyin emas. Albatta, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ko‘zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklari va katta imkoniyatlari haqida yana ko‘p gapirish mumkin. Lekin bugungi kunda O‘zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki mahsulot hajmida yetakchi va hal qiluvchi o‘rinni egallayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, bu yo‘nalishda qiladigan ishlarimiz naqadar ko‘pligi ayon bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” bo‘yicha qabul qilinadigan davlat dasturida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarur.


Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling