Kompaniya haqida


-chi lot: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari kommutatsiya tarmog’ini rekonstruktsiya qilish


Download 119.5 Kb.
bet7/9
Sana11.01.2023
Hajmi119.5 Kb.
#1087952
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'zbektelekom tarixi

4-chi lot: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari kommutatsiya tarmog’ini rekonstruktsiya qilish
Mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini zamonaviylashtirish, raqamli texnologiyalar asosida barpo etish, ko’rsatilayotgan aloqa tarmog’ining ishlash sifatini sezilarli darajada yaxshilash, abonentlarga yangi turdagi turli aloqa xizmatlari taqdim etish, shuningdek, mijozlarga yuqori tezlikdagi Internet tarmog’idan foydalanishni tashkil etish maqsadida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi eskirgan analog rusumidagi telekommunikatsiya stantsiyalarini zamonaviy telefon stantsiyalariga almashtirish va ularning sig’imi oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida umumiy abonent sig’imi 77 500 dan ziyod raqamli zamonaviy kommutatsiya qurilmalarini keltirildi.Hozirgi kunda montaj ishlari yakunlanib, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisiga sifatli aloqa xizmatlari ko’rsatilishi yo’lga qo’yildi.
5-chi lot: “O’zbektelekom” AK kommutatsiya stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish
Mazkur loyiha doirasida Huawei Technologies tomonidan ishlab chiqarilgan C&C08 turdagi raqamli kommutatsiya stantsiyalari asosida respublikamizning turli viloyatlaridagi eskirgan telefon stantsiyalarini modernizatsiya qilish va ularning sig’imini oshirish bo’yicha loyihalar tadbiq etilmoqda. Loyiha doirasida umumiy sig’imi 55 640 port (35 280 raqam)ni tashkil etmoqda. Ayni damda montaj ishlari tugatildi, abonentlarni qayta ulash ishlari olib borilmoqda.
Filiallar
Kompaniya tarkibida 14 ta hududiy va 5 ta ixtisoslashgan filiallardan iborat 19 ta filial va 2 ta sho’’ba korxonalari faoliyat ko’rsatib turibdi. “O’zbektelekom” AK mobil va turg’un aloqa, xalqaro va shaharlararo hamda ma’lumotni uzatish va Internet xizmatlarini ko’rsatuvchi sakkizta turli qo’shma korxonalarda o’z ulushiga ega.

  • Hududiy filiallar

    • TSHTT

    • Andijon Telekom

    • Farg’ona Telekom

    • Toshkent Telekom

    • Namangan Telekom

    • Samarqand Telekom

    • Jizzax Telekom

    • Sirdaryo Telekom

    • Qashqadaryo Telekom

    • Navoiy Telekom

    • Qoraqalpoq Telekom

    • Buxoro Telekom

    • Surxondaryo Telekom

    • Xorazm Telekom

  • Ixtisoslashtirilgan filiallar

    • UzNet

    • Injener texnik markazi

    • Shaharlararo aloqa korxonasi

    • Toshkent telegraf telefon stantsiyasi

    • O’zbektelekom Mobayl

  • Sho’’ba kompaniyalar

    • «Chirkom» QK

    • «UzI« QK

    • «Oxygen Networks» ShK


Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling