2-Mavzu: Mehmonxonalar tasniflanishi
-sxema. Jahon turistik tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan joylashtirish
Download 244.54 Kb.
|
Mehmonxonalarning tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy joylash-tirish vositalari
3.1-sxema. Jahon turistik tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan joylashtirish
vositalari tasnifi Turistlar va sayohatchilarni joylashtirish vositalari Mehmonxonalar va shunga o‘xshash korxonalar Ixtisos-lashgan joylashtirish vositalari Xususiy joylash-tirish vositalari Mehmonxonalar Motellar Pansionatlar Nomerli klublar Mehmon uylari Turistik bazalar Yoshlar mehmonxonalari Turistik mehmonxonalar Turistik qishloq (uylar guruhi) Bungalo Ijtimoiy turizm korxonalari Boshqa joylashtirish vositalari Davolash mehmonxonalari Mehnat va dam olish lagerlari Transportdagi joylashtirish vositalari Rotel Botel, flotel Bastay Manzilgohlar, kulbalar Alpotellar Shaxsiy turarjoy Xususiy uylardagi ijaraga olingan xonalar Boshqalar Xususiy agentlardan ijaraga olingan xonalar Qarindoshlar va tanishlar-nikida joylashish Plyaj mehmonxonalari Boshqa muassasalar Tijorat asosidagi va maxsus joylashtirish vositalari Mehmonxona korxonalarining shinamlik darajasiga ko‘ra tasnifini ko‘rib chiqishda xalqaro amaliyotda yuzaga kelgan tasniflarni hamda ularni amalga oshirish tartibini bevosita belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuvlarni alohida qayd etib o‘tish kerak. Birinchi yondashuvda bunday hujjatlarni ishlab chiqish, amalga tatbiq etish va nazorat qilish bilan davlat organlari shug‘ullanadi, ya’ni mehmonxona korxonalari shinamlik darajasining, balki, boshqa joylashtirish vositalarining, shuningdek ovqatlanish korxonalarining davlat tomonidan belgilangan rasmiy tasnifi mavjud. Xususan, bunday yondashuvga misollar Fransiya va Rossiyada kuzatiladi. Fransiya milliy tasnifi Hunarmandchilik va turizm ishlari bhyicha savdo vazirligining 1966 yil 13 iyuldagi 66371 son qarori bilan amalga kiritilgan. Rossiya Federatsiyasida mehmonxonalarni tasniflash RF – GOST R 50645-94 «Turistik-ekskursiya xizmatlari khrsatish. Mehmonxonalar tasnifi» davlat standartiga asosan amalga oshiriladi. Ikkinchi yondashuvda hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat qilish bilan kasaba uyushmalari va birlashmalari shug‘ullanadi. Masalan, Germaniyada bu jarayonlarni Mehmonxona va restoran xo‘jaliklari birlashmasi (EHOGA), Shveysariyada – Shveysariya mehmonxona sohiblari uyushmasi amalga oshiradi. Jahon amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir mamlakat doirasida bir nechta tasniflash tizimlari amal qiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada «tojlar» tizimi bilan bir qatorda, Britaniya turistik agentliklar uyushmasi – «Britich Travel Authority» (BTA) tomonidan taklif qilingan tasniflash tizimi qo‘llaniladi: - byudjet mehmonxonalari – shaharning markaziy qismida joylashgan va qulayliklar minimumiga ega mehmonxonalar; - turistik toifadagi mehmonxonalar – tarkibida restoran va bar bo‘lishi shart; - o‘rtacha toifadagi mehmonxonalar – xizmat khrsatish saviyasi ancha yuqori bo‘lgan mehmonxonalar; - birinchi toifa mehmonxonalar – shinamlik darajasi juda yuqori bo‘lgan, a’lo darajada xizmat ko‘rsatiladigan mehmonxonalar; - oliy toifa mehmonxonalar – yashash va xizmat ko‘rsatish ekstra darajada bo‘lgan mehmonxonalar. Buyuk Britaniyada amal qiluvchi «tojlar» tizimini «yulduzlar» tizimi bilan uyg‘unlashtirish uchun «tojlar»ning umumiy miqdoridan bitta «yulduz»ni ayirish kerak (masalan, to‘rt «tojli» daraja uch «yulduzli» darajaga teng). Yuqorida ko‘rib chiqilgan Britaniya agentliklari uyushmasi tomonidan taklif qilingan mehmonxonalarni tasniflash tizimi ham shunday muvofiqlikni nazarda tutadi: - byudjet mehmonxonalari – 1 yulduz; - turistik toifa mehmonxonalari – 2 yulduz; - o‘rtacha toifa mehmonxonalar – 3 yulduz; - birinchi toifa mehmonxonalar – 4 yulduz; - oliy toifa mehmonxonalar – 5 yulduz. Download 244.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling