Birinchi qism Amir Temurning o`z davlatini barpo etish uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo`shin tuzish borasida tadbiq etgan “tuzuklari” va rejalaridan iborat bo`lib, unda hatto qo`shinning jangovor sarflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko`rsatib berilgan. Asarning o`n uch qism (kengash) dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo`shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirirgan ishlari o`z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |