2
|
Vaziyatli yondoshuv
|
-Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topsak-da. Bu o`rinda qismlarning qaysi biri muhim qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko`ndalang turmaydi.
- Yaxlitning qaysi bir qismi o`ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o`zgarishlar tashqi muhitning ta`siri bilan bog`lab o`rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.
|
3
|
Funktsional yondoshuv
|
- Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo`llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
* rejalashtirish;
* tashkillashtirish;
* rahbarlik qilish;
* muvofiqlashtirish;
* nazorat qilish va hk.
|
4
|
Miqdoriy yondoshuv
|
-Bunday yondoshuvga asosan:
- menejmentning operatsion printsipiga;
- qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
- matematik yoki ilmiy menejment kabilar e`tibor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika. Kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya ruhshunoslik, tizimlari nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.
|