Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib ketgan boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o`lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazarisi sifatida qo`llanila boshlandi. Qisqa xulosalar. - Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklar qadim zamonlarga borib taqalib , Yu. Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o`rta asr davrida Amir Temur hukumronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo`lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
- XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o`sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to`g`risidagi ilm, fan vujudga keldi.
Nazorat savollari. - Boshqarish ta`limotidagi yo`nalishlar.
- “Ilmiy menejment” maktabining mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?
- A.Fayol olg`a surgan tamoyillar.
- Insoniy munosabatlar maktabi haqida.
- X va e nazariyasi nima?
- “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati nimalardan iborat?
- O`rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari tamoyillari.
Tayanch iboralar. Boshqaruv ta`limotlari. “Ilmiy menejment” maktabi. Teylorizm. Emerson boshqaruv tamoyillari. “Insoniy munosabatlar” maktabi. Texnokratik boshqaruv E.Meyo nazariyasi. X va e nazariyasi “Tizimli” menejment.
Do'stlaringiz bilan baham: |