Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko`rinishda uchramaydi.Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o`zida ham birinchi, har ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san`at ekanligi ham ana shu ikki jihatni uyg`unlashtirishdir. 2.5. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati. XX asrning 60-80 yillarida g`arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlaydi, g`arb nazariyotchilarning boshqaruvning ijtimoiy tizimlari maktabini tashkil qilish maqsadida: - tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishdi;
- yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko`rib chiqishdi;
- bir qancha o`zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta`sirini o`rganishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |