2-mavzu: Morfologiya grammatikaning so‘zturkumlari va shu turkumlarga xos kategorial, nokategorial shakllar tizimini, so‘zning birikish vaqtidagi o‘zgarishini tekshiradigan bo‘limi ekanligi. So‘zning morfologik tuzilishi so‘z shaklining qismlaridan iborat


Javoblar. Grammatik kategoriya. G


Download 1.13 Mb.
bet3/11
Sana08.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#248000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-topshiriq Ona tili vab

Javoblar.

  1. Grammatik kategoriya. Grammatik ma’no va ulaniing ifodasi bo‘lgan  vosi-talar  birligi  grammatik  kategoriya  deyiladi.  Muayyan grammatik  kategoriya  o‘zaro  uzviy  munosabatda  bo‘lgan  ikki  yoki undan  ortiq  grammatik  ma’no  va  uni  ifo-dalovchi  grammatik  shakllar (affikslar)  tizmidan  iborat  bo‘ladi.  Masalan,  otlardagi kelishik kategoriyasi oltita kelishik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi affikslar  
    tizmini,  fe’llardagi  shaxsson  kategoriyasi  esa  birlik  va  ko‘plikdagi  uchta  grammatik  shaxs  ma’nosi  va  ularning  ifodasi  bo‘lgan  affikslar tizimini  o‘zida  birlashtirgan  holda  butunlik  tashkil  qiladi.  Shuningdek, otlardagi  son,  egalik  kategoriyasi,  fellardagi  zamon,  nisbat,  mayl, bo‘lishli bo‘lishsizlik kategoriyalari ham  ikki va undan  ortiq umumiy va  xususiylikka  ega  bo‘lgan  grammatik  ma’no  anglatuvchi  shakl ya-sovchi affikslarlar tizimidaniborat.  Shuni  ham  qayd  etish  lozimki,  ba’zi  shakl  yasovchi  affikslar so‘zning  lug‘aviy  ma’no  anglatuvchi  qismiga  qo‘shilib,  ularni grammatik  ma’no  va  vazifaga  xoslangan  shakllarini  yuzaga  keltiradi. Lekin  bu  grammatik  ma’no  va  vazifalarni  vujudga  keltiruvchi  shakl yasovchi  affikslar    o‘zining  muayyan  xususiy  delgilarigagina  egaligi tufayli  boshqa  shakl  yasovchi  affikslar  bilan  bir  umumiy  grammatik kategoriya  hosil  qila  olmaydi.  Shu  bois  so‘zning  lug‘aviy  ma’no ifodalovchi  qismga  qo‘shilib,  ularni  turli  grammatik  vazifalarga xoslovchi   bunday  shakl  yasovchilar  tilning  nokategorial  shakllarini tashkil  etadi.  Masalan,  ot-lardagi  kichraytirish,  erkalash  shakllari, fe’lning  vazifadosh  shakllari  asosida  ifodalangan  grammatik  ma’nolar faqat  xususiy  belgiga    egaligi  tufayli  muayyan  butunlik  hosil  qila olmaydigan  nokategorial  shakllariga  mansubdir.  Shunday  qilib,  til 
    tizimidgi  so‘zlarning  grammatik  ma’no  ifodalovchi  qismini  tashkil etuvchi shakl yasovchi affikslar o‘zining xususiy va umumiy belgilariga ko‘ra  ikki  guruhga  bo‘linadi:  1)  kategorial  shakl  yasovchilar;  2) nokategorial shakl yasovchilar.  

 

  1. saylaf – saylov,   sina – sinov, aya – ayovsiz;   so‘ra – so‘roq, bo‘ya – bo‘yoq; o‘yna – o‘ynoqi, sayra – sayroqi, o‘qi – o‘quvchi, qazi – qazuvchi, sovi – sovuq,  og‘ri – og‘riq, qavi –qaviq, ol – oluv, yoz – yozuv, uz – uzuq, yut – yutuq, tilak – tilaging, yurak – yuragim, kubok – kubogi, bek – begi; tayoq – tayog‘i, qoshiq – qoshig‘i, yaxshiroq – yaxshirog‘i, yo‘q – yo‘g‘I, ishtirok – ishtiroki, ocherk – ocherki, erk – erki, huquq – huquqim, ravnaq – ravnaqi, yuq – yuqi, o‘rin – o‘rnim, qorin – qorni, burun – burning, o‘g‘il – o‘g‘ling, ko‘ngil – ko‘ngli, yarim – yarmi; qayir – qayril, ulug‘ – ulg‘ay, sariq – sarg‘ay, ikki – ikkov, ikki – ikkala, yetti  yettov.





  1. Download 1.13 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling