2-mavzu: Morfologiya grammatikaning so‘zturkumlari va shu turkumlarga xos kategorial, nokategorial shakllar tizimini, so‘zning birikish vaqtidagi o‘zgarishini tekshiradigan bo‘limi ekanligi. So‘zning morfologik tuzilishi so‘z shaklining qismlaridan iborat


Download 1.13 Mb.
bet6/11
Sana08.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#248000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-topshiriq Ona tili vab

Modal so`zlar

So`zlovchining o`z fikriga bo`lgan munosabatini bildira­digan so`zlar modal so`zlar deyiladi: Ehtimol, bugun etib kelar.

Modal so`zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:

1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:

1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kid­lanadi: shubhasiz, shaksiz, so`zsiz 3) ishonch: albatta 4) ang­latilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o`z-o`zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to`g`ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.

2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:

1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, cho­g`i;

2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;

3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;

4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.

3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.

4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.

5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.

6. Achinish: afsus, attang, esiz.

7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.

8. Quvonch: xayriyat.

9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo`q.

Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so`zlar ham mavjud.

Modal so`zlarning ko`pchiligi mustaqil so`zlardan o`sib chiqqandir.

1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to`g`ri, so`zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so`zidan); 4) bog`lovchidan: balki; 5) so`z birikmasidan: har qalay, har hol­da; 6) gapning modal so`zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so`z tushirish natijasida hosil bo`lgan: o`z-o`zidan (aniq so`zi tushib qoladi).

Modal so`zlar sof va vazifadosh modal so`zlarga bo`linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so`zlari sof modal so`zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo`llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so`zlar vazifadosh modal so`zlar hisoblanadi.

Modal so`zlar gap tarkibidagi so`zlardan vergul bilan ajratiladi va ko`pincha kirish so`z vazifasini bajarib keladi.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling