2-Mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja


Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati


Download 123 Kb.
bet17/22
Sana02.01.2022
Hajmi123 Kb.
#202130
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2-seminar

Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati.O’zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo’lib, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi” Qonunga binoan, u O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisning qororlari, Prezident farmonlari, qarorlari

va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyatdir.



Hukumat – davlat boshqaruvining oliy organi bo’lib, davlat boshqaruv shaklining qanday bo’lishidan qat’iy nazar har qanday davlatning oliy ijroya organi hisoblanadi. Hukumat Konstitusiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy raxbarlik qiladi. Hukumatning shakllanish tartibi, mazkur davlatda mavjud bo’lgan boshqaruv shakliga bog’liq holda o’rnatiladi hamda turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Misol uchun, AQShda – Ma’muriyat, Angliyada va Turkmanistonda – Ministrlar Kabineti, Fransiya va Italiyada – Ministrlar Kengashi, Xitoyda - Davlat Kengashi, Rossiya va Tojikistonda – Hukumat, Yaponiyada – Kabinet va hok.

O’zbekistonda Vazirlar Mahkamasi Prezident, Oliy majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’lish asosida amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o’zi tashkil etadigan xo’jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi. Vazirlar mahkamasi qonun bilan belgilab qo’yilgan o’z tarkibiga ega. Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlari, davlat qo’mitalarining raislari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining raxbarlari kiradi.

Konstitusiyaga binoan, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va ungi rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo’ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi.

Vazirlar Mahkamasining tarkibi Prezident tomonidan shakillantiriladi. Prezident Bosh vazir nomzodini ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy majlis palatalariga taqdim etadi.Ushbu masala avval Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatda ko’rib chiqiladi. Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish Prezident vakolatiga kiradi. Vazirlar mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga ko’ra, Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning o’rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining rayosati faoliyat ko’rsatadi.

Vazirlar Mahkamasining ijro hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etishiga doir vakolatlariga quyidagilar kiradi:

1. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun Prezidentga taqdim etadi.

2. Vazirlar Mahkamasi Respublika qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

3. O’zbekistonning butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagi faoliyat sohalarini keltirish mumkin:

- ma’muriy-siyosiy sohasidagi faoliyat;

- iqtisodiyot sohasidagi faoliyat;

- ijtimoiy-madaniy sohasidagi faoliyat;

Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlat boshqaruvi, xo’jalik va ijtimoiy – madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Majlislar yilning har choragida kamida bir marta o’tkaziladi. Ularni tayyorlash va o’tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi to’g’risidagi” qarori bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun masalalar vazirlar, davlat qo’mitalarining raislari, idoralar, korporasiyalar, kompaniyalar, konserinlar, uyushmalarning raxbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular bo’lmagan hollarda ularning birinchi o’rinbosarlari tomonidan kiritiladi.

Viloyat, tuman va shahar ijroya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlarga ega bo’ladi. Mahalliy ijroya hokimiyati organlari boshqarmalar, bo’limlar va bo’linmalardan iborat bo’lib, ularning tuzilishi va tashkil etilish tartibi, faoliyat yuritish asoslari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Hokimning faoliyatini to’g’ri tashkil etishda hokimning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari faoliyatini tashkil etish o’ta muhimdir.

Tuman tarkibidagi shahar va shaharchalarda Kengashlar tuzilmaydi.

Shahar tartibidagi tuman hokimi shahar hokimi tomonidan ayinlanadi va shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahar tarkibiga kiruvchi tuman hokimlari shahar hokimini rasmiy vakili hisoblanadi va unga hisob berib turadi. Tumanlar tarkibiga kiruvchi shahar hokimlarining tayinlanishi xam shu tartibda amalga oshiriladi._




Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling