2-Mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja
-masala: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy isloxotlar. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlarining shakllanishi
Download 123 Kb.
|
2-seminar
3-masala: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy isloxotlar. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlarining shakllanishi..
Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo’ygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatini tashkil etish hokimiyatlar bo’linishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunki bunday prinsip yuz berishi mumkin bo’lgan suiste’mollikni oldini olishning ishonchli vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan O’zbekiston ham o’z davlat organlari idoralari tizimini hokimiyatlar bo’linishi asosida tashkil etgan.Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo’lgan hokimiyatlar bo’linishi nazariyasi O’zbekiston Konstitusiyasining 11 moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo’yilgan. Hokimiyatlarga bo’linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o’zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo’lib, bu tizimning xuquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog’i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko’rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi.O’zbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi.O’zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o’z vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Konstitusiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar, tumanlar va shaharlar(tumanga bo’ysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”. Sobiq ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo’lib O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etilgan edi. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Instituti 1990 yilning 24 martida “O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish va O’zbekiston SSR Konstitusiyasi (asosiy qonuni)ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi” qonun bilan joriy etilgan edi. O’z SSR Oliy Soveti o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida I.A Karimov Prezident etib saylandi. O’sha sessiyada qilingan ma’ruzada I.A Karimov shunday degan edi “....Bugun yuzaga kelgan vaziyatda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. .Respublikada yakka boshliq lavozimining joriy etilishi Ittifoq miqyosida bo’lganidek, qonunlar va davlatning boshqa qarorlarini ijro etish omillarini mustahkamlashga, demak, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalarda qayta qurish jarayonlarini tezlashtirishga ko’maklashishi shubhasizdir”. 1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda to’g’ridan-to’g’ri umumxalq saylovlari muqobillik asosida o’tkazilib, unda I.Karimov Prezident etib saylandi. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitusiyasiga muvofiq Prezident – hokimiyatlar bo’linishi prinsipiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir. Ma’lumki, “prezident” atamasi lotincha “praesidenso”, so’zidan olingan o’lib, aynan tarjimasi “oldinda o’tiradigan” degan ma’noni beradi. Bu tushuncha konstitusiyaviy-huquqiy ma’noda davlat boshlig’ini anglatadi. Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ortiq davlatlarning hokimiyat tizimida prezidentlik instituti mavjud. “Prezident” atamasi o’zining hozirgi ma’nosida 1787 yilgi AQSh konstitusiyasida mustahkamlanib, AQShda prezidentlik joriy etilganidan boshlab ishlatilib kelinmoqda. Prezidentni davlatning markaziy boshqaruv organlari tizimida tutgan o’rni davlat boshqaruvining shakliga bog’liq. Agar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar respublika turi o’rnatilgan bo’lsa, u holda Prezident faqat davlat boshlig’i vazifasini bajaradi va u ijroiya hokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun ham boshqaruvning parlamentar respublika shaklida Prezident davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallamaydi. Boshqaruvning Prezidentlik respublikasi shaklidagi davlatlarda esa Respublika Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Davlat boshlig’i sifatida Prezident davlat hokimiyati boshqaruv organlarida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol o’ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig’i o’zida u yoki bu hokimiyat tarmog’ini emas balki, davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 19-bobi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti” deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo’lib, ularda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiyaviy maqomlari va vakolatlari belgilab berilgan.
Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling