301-guruh Abdullayeva Elmiraxon Reja: - SINFDAN TASHQARI OLIB BORILADIGAN ISHLARNING AHAMIYATI
- SINFDAN TASHQARI ISHLARNING MAZMUNI VA METODLARI.
- TARIX TO’GARAKLARI , KONFERENSIYALAR VA TARIXIY KECHALAR.
O’quvchilar o’quv materialining asosiy mazmunini sinfda dars davomida o’zlashtirib oladilar, albatta. Biroq, o’quvchilarning tarix dasturi yuzasidan o’rganishi zarur bo’lgan bilim va malakalarning hammasini ham sinf-dars mashg’ulotlari doirasiga sig’dirib bo’lmaydi. Buning ustiga tarixiy bilimlar, ilmiy va siyosiy informatsiyalar hajmi tez kengayib, muttasil oshib borayotgan sharoitda o’quvchilar o’z bilimlarini tinmay to’ldira borishlari uchun sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish g’oyat zarurdir. Tarix sevib o’qiladigan fandir. Uni o’rganish jarayonida o’quvchilarda o’tmishni puxta bilib olish tilagi orta boradi, ulardagi bu istakni sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish yo’li bilangina bajo keltirish mumkin. Tarix predmeti yuzasidan sinfdan tashqari ishlarning mazmunn, forma va metodlari metodik adabiyotda turlicha klassifikatsiya qilinadi. Metodist V.N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlar klassifikatsiyasiga bilish manbalarini asos qilib olib, ularni quyidagi turlarga bo’ladi. Ma'lumki, o’quvchilar faqat darslikni o’qish bilangina chegaralanib qolsa, ularning bilim doirasi va o’tmish haqidagi tasavvurlari tor bo’lib qoladi. Shuni e'tiborga olib V.N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlarning asosiy formasi sifatida qo’shimcha o’qishni tavsiya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |