Tarixni o’qitishda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati 301-guruh Abdullayeva Elmiraxon
Download 0.71 Mb.
|
Tarixni o’qitishda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati
Tarixiy kechalar tematika jihatidan o’quv dasturiiing mazmuni bilan zamonamizning dolzarb masalalari va yubiley sanalari bilan bog’lab o’tkaziladi. Maktab tajribasida o’quv dasturi bilan bog’liq quyidagi mavzularda o’tkazilgan kechalar diqqatga sazovordir. 6-sinfda «Qadimgi Misr», «Qadimgi Gretsiya madaniyati», «Spartak yetakchiligidagi qullar qo’zg’oloni», «Qadimgi Rim madaniyati»; 7-sinfda «Xalq qahramoni Janna D' Ark», «Ilm-fan kurashchilari»; 8-sinfda «Aleksandr Nevskiy», «Minin va Pojarskiy»; 9- sinfda «1812 yil urushi», «Dekabristlar», «Parij Kommunasi» va boshqalar. Tarixiy kechalar davrimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir mavzularga ham bag’ishlanadi. Masalan, «Jahonga tinchlik», «Chet ellik do’stlarimiz», «Mehnat va texnika tarixidan», «Zamonamiz qahramonlari» va boshqalar. Yubiley sanalarga bag’ishlangan kechalar o’tkazish odat tusiga kirib qoldi. (1 sentyabr, 8 Mart, Konstitutsiya kuni, Vatan himoyachilari kuni, va h. k.) Maktab tajribasida shaharlar yubileyiga bag’ishlangan kechalarni o’tkazish ham rasm bo’lib bormoqda. Maktab tajribasi o’lka tarixini o’rganishda tarixiy kechalarning roli borgan sari ortib borayotganini ko’rsatmoqda. Maktabda o’lkani o’rganish bilan bog’liq hamma ishlarni tarixiy kecha bilan yakunlash odat tusiga kirib qoldi, o’lkani o’rganishga bag’ishlangan kechalar o’quvchilar orasidagina emas, balki o’lka aholisi orasida ham tarixga qiziqish tug’dirmoqda. Hozir tarixni chuqurroq o’rganishga intilish kuchayib borayotgan sharoitda tarixiy kecha va konferentsiyalar tashkil etishning ahamiyati yanada ortib boradi. Maktabda o’tkaziladigan tematik kechalarning muhim turlaridan biri kitobxonlar konferentsiyasidir. Konferentsiyada o’qituvchi rahbarligida o’qilgan kitoblar muhokama qilinadi. Imkoniyat bo’lganda muhokamaga qo’yilgan kitobning muallifi ishtirok qilsa yana yaxshi bo’ladi.Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling