Tarixni o’qitishda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati 301-guruh Abdullayeva Elmiraxon


Download 0.71 Mb.
bet6/8
Sana19.11.2021
Hajmi0.71 Mb.
#175780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarixni o’qitishda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati

Tarixiy kechalar tematika jihatidan o’quv dasturiiing mazmuni bilan zamonamizning dolzarb masalalari va yubiley sanalari bilan bog’lab o’tkaziladi. Maktab tajribasida o’quv dasturi bilan bog’liq quyidagi mavzularda o’tkazilgan kechalar diqqatga sazovordir. 6-sinfda «Qadimgi Misr», «Qadimgi Gretsiya madaniyati», «Spartak yetakchiligidagi qullar qo’zg’oloni», «Qadimgi Rim madaniyati»; 7-sinfda «Xalq qahramoni Janna D' Ark», «Ilm-fan kurashchilari»; 8-sinfda «Aleksandr Nevskiy», «Minin va Pojarskiy»; 9- sinfda «1812 yil urushi», «Dekabristlar», «Parij Kommunasi» va boshqalar. Tarixiy kechalar davrimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir mavzularga ham bag’ishlanadi. Masalan, «Jahonga tinchlik», «Chet ellik do’stlarimiz», «Mehnat va texnika tarixidan», «Zamonamiz qahramonlari» va boshqalar. Yubiley sanalarga bag’ishlangan kechalar o’tkazish odat tusiga kirib qoldi. (1 sentyabr, 8 Mart, Konstitutsiya kuni, Vatan himoyachilari kuni, va h. k.) Maktab tajribasida shaharlar yubileyiga bag’ishlangan kechalarni o’tkazish ham rasm bo’lib bormoqda. Maktab tajribasi o’lka tarixini o’rganishda tarixiy kechalarning roli borgan sari ortib borayotganini ko’rsatmoqda. Maktabda o’lkani o’rganish bilan bog’liq hamma ishlarni tarixiy kecha bilan yakunlash odat tusiga kirib qoldi, o’lkani o’rganishga bag’ishlangan kechalar o’quvchilar orasidagina emas, balki o’lka aholisi orasida ham tarixga qiziqish tug’dirmoqda. Hozir tarixni chuqurroq o’rganishga intilish kuchayib borayotgan sharoitda tarixiy kecha va konferentsiyalar tashkil etishning ahamiyati yanada ortib boradi. Maktabda o’tkaziladigan tematik kechalarning muhim turlaridan biri kitobxonlar konferentsiyasidir. Konferentsiyada o’qituvchi rahbarligida o’qilgan kitoblar muhokama qilinadi. Imkoniyat bo’lganda muhokamaga qo’yilgan kitobning muallifi ishtirok qilsa yana yaxshi bo’ladi.


To’garakda tarixiy-biografik mavzularni o’rganish o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Agarda o’rta yoshdagi o’quvchilar uchun kishilarning jangdagi qahramonligi, jonbozligi qiziqarli va tushunarli bo’lsa, yuqori sinflardagi o’quvchilarni olim, tadqiqotchi va davlat arboblarining ichki dunyosi, yirik olim bo’lgunga qadar bosib o’tgan yo’li qiziqtiradi. Shu sababdan 7-8- sinflarda va o’rta maxsus ta'lim tizimida to’-garaklar tematikasining asosiy mazmunini ko’pincha biografik xarakterdagi mavzular tashkil etadi. To’garakda harbiy o’tmishni o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, 5-6-sinf o’quvchilari to’garagida qadimgi dunyo, o’rta asrlardagi harbiy texnikani o’rganish mumkin. 7- 9-sinflardagi o’quvchilarning to’garaklarida urush va harbiy san'at tarixining nazariy masalalari o’rganiladi. Shunday qilib, sinfdan tashqari ishlarning muhim formasi bo’lgan tarix to’garagi ham o’quvchilariiig tarixni o’rganishga qiziqishini oshiradi, olgan bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga hamda mustaqil ijodiy ishlay bilish sohasida malakalarini hosil qilishlariga yordam beradi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling