Qo’shimcha kitob o’qish. U tarixdagi o’qiladigan kitoblarni uch guruhga bo’ladi: a) ilmiy-ommabop kitoblar, b) tarixiy belletristika, v) tarixiy davrga oid badiiy adabiyot. 2. Qo’shimcha suratlar ko’rish. 3. Jamoa bo’lib teatr va kinolarga borish hamda ularni birgalikda muhokama qilish. 4. Tarixiy kechalar uyushtirish. 5. Tarixiy instsenirovka yoki pesalar qo’yish. 6. Maktab tarixiy ko’rgazmalarini tashkil etish. 7. Olisdagi tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish. 8. V.N.Bernadskiy fikricha, o’quvchilar sinfdan tashqari qo’shimcha kitob o’qib, filmlar ko’rib va radio, lektsiyalar eshitib, olgan bilimlari va tasavvurlari amaliy faoliyat bilan qo’shib olib borib hosil qilingan taqdirdagina ko’zlangan maqsadga erishadi, mustaqillikni, tashabbus va ijodiy ishlash qobiliyatini o’stira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |