2-Mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja


-masala: O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitusiyasining qabul qilinishi


Download 123 Kb.
bet3/22
Sana02.01.2022
Hajmi123 Kb.
#202130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2-seminar

2-masala: O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitusiyasining qabul qilinishi.

O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo’lib, davlat ramzlari belgilab olindi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat bo’lgan «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. Davlat bayrog’i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o’zligini ham aks ettiradi. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i yurtimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo’lib qoldi.

1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8 moddadan iborat bo’lgan «O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo’lib, Humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog’i va «O’zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g’o’za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog’lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasvirlangan lenta to’rt xil rangda berilgan.

1992-yil 10-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’-risida»gi (12 moddadan iborat) Qonun qabul qilindi. Davlat madhiyasining matnini O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.


Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling