2-Mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja


Download 123 Kb.
bet1/22
Sana02.01.2022
Hajmi123 Kb.
#202130
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2-seminar


2-Mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati

Reja:

1.O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

2.O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitusiyasining qabul qilinishi.

3.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy isloxotlar. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlarining shakllanishi..

1. O’zbekiston Respublikasi Rossiya Federasiyasidagi siyosiy voqyealar oqibatlariga, Ittifoq bilan Rossiya rahbarlari o’rtasidagi kuchayib borayotgan 1990 yilda Ukraina rahbarlari ham qo’shilib ketgan qarama-qarshiliklar oqibatlariga ortiq qaram bo’lib qolaverishi mumkin emas edi. Shu sababdan, O’zbekiston xalqlari milliy manfaatlarining ustun turishiga asoslanib va O’zbekiston SSRning suvereniteti to’g’risidagi Deklarasiyaga amal qilib, Respublika rahbariyati 1990 yilning ikkinchi yarmidan boshlab kelajakdagi Suveren davlatlar Ittifoqi to’g’risidagi muzokaralarda o’z pozisiyasini va o’zining O’zbekiston ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini sezilarli darajada faollashtirdi. Negaki, Turkiston 130 yil davomida mustamlaka va qaram xududga aylantirilgan edi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinhona, goh oshkora bo’lsin, xalqimiz azal-azaldan o’z fikri-zikri bilan mustaqil, erkin yashash uchun tinimsiz intildi.

XX asrning 90 yillariga kelib, jahon va sobiq Ittifoqdagi o’zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi. 1991 yil 19 avgust kuni O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O’zbekiston nuqtai nazarini e’lon qildi. Respublika rahbariyati, Markazdan berilayotgan, kim bo’lishidan qat’iy nazar, qonunga xilof ko’rsat-malarni bajarishi mumkin emas, - deb hisobladi. 1991 yil, 20 avgustda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo’shma majlis bo’ldi. Unda O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.

Shu kuni Respublikaning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov aholiga murojaat bilan chiqish qildi. Ushbu murojaatda O’zbekistonning o’z mustaqilligiga erishish yo’li qat’iy ekanligini alohida uqtirib o’tildi. Jumladan, unda shunday deyilgan “O’zbekiston Respublikasi, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hyech qachon birovning gapiga kirib ish olib borgan emas. Markazdan boshqa ba’zi bir jumhuriyatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va’dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar da’vatlar, yo’l-yo’riqlar ko’rsatishiga harakat qilinmasin, biz o’zimiz tanlagan yo’limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo’q. Bu yo’l bizning xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, xullas, xalqimiz manfaatlariga mos yo’ldir”- deb ta’kidlanadi. Shuning bilan birgalikda, turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar o’rtasida ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatmaslikdan, eng avvalo, harbiy kuch ishlatish ochiq-oydin qoralandi. Ana shunday sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, Markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan bir paytda, Respublikaning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda Respublika Mustaqil-ligi haqida qonun qabul qilinishini talab qildi. Chunki, har bir milliy Respublika-ning teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqishi mumkin edi. Buning uchun haqiqiy Mustaqillik yo’lidan barcha to’siqlar olib tashlanishi, har bir respublika so’zda emas, balki amalda tinchlar orasida tinch bo’lishi lozim edi.

Ana shu maqsadlarni ko’zlab, Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991 yil, 31 avgustda o’z ishini boshladi.





Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling