2 Mavzu: Mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning asosiy tamoyillari. Mashg‘ulot turi


Download 23.67 Kb.
bet3/6
Sana08.02.2023
Hajmi23.67 Kb.
#1178650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza 2

3- reja bayoni:
Iqtisodiy islohotlarning 1 bosqichi tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilish yillari bo‘ldi. Ittifoqning parchalanishi bilan birgalikda tashqi aloqalarni tartibga soluvchi huquqiy normalar, eksport va importni bir markazdan shakllantiruvchi umumittifoq tizimi, valyuta resusrslarining umumittifoq darajasiga qayta taqsimlash tartibi ham barbod bo‘ldi. O‘zbekistonda, shuningdek boshqa respublikalarda ham bunday tizim amalda yo‘q edi. Jahon bozoridagi ahvol va uning talab-ehtiyojlarini biladigan, tashqi savdo qilish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar deyarli yo‘q edi. O‘zbekistonning jahon bozorida o‘rni yo‘qligi sababli eksport hajmi kamaydi, valyuta tushumlari qisqardi.
Vaziyat tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish tizimini yaratishni, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilish yo‘llarini zudlik bilan belgilashni taqozo etardi. Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassalalar – Tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy siyosat milliy banki, bojxonalar xizmati, tashqi savdo firmalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarda, korporasiyalar, konsernlar, uyushmalar va mahalliy boshqaruv idoralarida tegishli tashqi iqtisodiy bo‘linmalar tuzildi. Xorijiy hamkorlik ishtirokida xalqaro savdo-sotiq markazlari tashkil etildi.
O‘zbekiston jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuvchi tashkilot va boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlik qilmoqda. Jumladan, Xalqaro valyuta fondi mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston iqtisodiyotini chuqur isloh qilish maqsadida muntazam tarkibiy o‘zgartirishlar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish uchun 74 million AQSH dollari miqdorida dastlabki mablag‘ ajratildi. Jahon banki bilan O‘zbekistonga islohotlarni yanada chuqurlashtirish, milliy valyutamizni mustahkamlash uchun 160 million AQSH dollari miqdorida tiklanish qarzi berish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash va qarz beruvchi 21 ta mamlakat tomonidan O‘zbekistonga texnikaviy yordam ko‘rsatilmoqda. Ushbu yordam mutaxassislar tayyorlashga, energetika va transport tizimini takomillashtirishga, sog‘liqni saqlash, dori-darmon bilan ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiyotning turli sohalarini kompyuterlashtirishga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa mamlakatlar o‘rtasida savdo-sanoat palatalari barpo etildi. Respublikaning 2 mingdan ko‘proq xo‘jalik sub’yekti, shu jumlada uyushmalar va konsernlar, kichik va xususiy korxonalarga tashqi bozorga chiqish huquqi berildi. Respublikamizda dunyoning 25 mamlakatiga qarashli xorijiy firma, bank va kompaniyalarning 166 ta vakolatxonasi ishlamoqda. Respublika milliy banki dunyoning 80ta yirik bankida vakillik hisobini ochgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yorqinlashtirishni huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «Chet el investesiyalari to‘g‘risida», «Xorijiy investorlar va investisiyalarga kafolat berish to‘g‘risida», «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratdi. Tashqi savdo uchun imtiyozlar berildi. Tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to‘lovlari ancha kamaytirildi.
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari tashqi savdoning tez o‘sishini ta’minladi. Islohotlarning 1 bosqichida tashqi savdo 2 yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirildi. 1) MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar asosida, 2) xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyuta hisob-kitob qilish asosida savdo-sotiq ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, bevosita tashqi iqtisodiy kooperasiya aloqalari o‘rnatilishi rag‘batlantirildi. Tashqi savdo oboroti izchil o‘sib bordi. U 1994 yilda 5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 1998 yilda qariyb 9 milliard AQSH dollariga yetdi yoki O‘zbekiston shu yilning boshida dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalarini o‘rnatdi. Eksport miqdori ancha oshib ketdi. Eksportning paxta, rangli metall kabi tarmoq mahsulotlari jahon bozoridan munosib o‘rin oldi.
Eksportning anchagina qismi Turkiya, Belgiya, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Polsha, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya kabi mamlakatlarga to‘g‘ri keldi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishga qaratilgan siyosatda namoyon bo‘lmoqda. Ikkinchidan, ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibini zamonaviylashtirishga ko‘maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatida o‘z ifodasini topmoqda. Uchinchidan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish bobida zarur tadbirlar amalga oshirilidi. Xorijiy investisiyalar nasionalizasiya va rekvizisiya qilinmaydi. “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tuzildi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda O‘zbekistonda loyihalar tayyorlovchi guruh tuzildi va ishlab turmoqda. Bu guruh shu bank yo‘li bilan ajratilgan 60 million dollar investisiya kreditini o‘zlashtirish maqsadida investisiya loyihalari uchun texnikaviy-iqtisodiy asoslarni tayyorlashga ko‘maklashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida investisiyalarga ko‘maklashish muassasalari–chet el investisiyalari bo‘yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Lizing kompaniyasi tashkil etildi. Bu massasalar xorijiy sarmoyadorlarga invastisiya takliflarini tayyorlashga yordam bermoqda. Davlat mulk qo‘mitasi huzurida ko‘chmas mulk va xorijiy investisiyalar agentligi tashkil etildi. U xususiylashtirish jarayoniga xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashmoqda.
Respublikamizga xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun imtiyozlar tizimi, xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli soliq joriy etildi. Ustav fondida chet el sarmoyasining ulushi 30 foizdan ko‘proq bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab 2 yil davomida foydadan soliq to‘lashdan ozod qilingan.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yo‘li respublikaga xorijiy sarmoyalarining kirib kelishini ta’minlamoqda. O‘zbekiston hukumati Kanada, XXR, Turkiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya banklari va firmalari bilan 1,5 milliard AKSH dollari hajmida 32 ta yirik kredit bitimi tuzdi va ular hayotga tadbiq etilmoqda. Jumladan investisiya kreditlari berish to‘g‘risida xalqaro moliya muassasalari va xorijiy sarmoyadorlar bilan tuzilgan bitimlar asosida Amerikaning «Nyumont Mayning» kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib oladigan «Zarafshon Nyumont» qo‘shma korxonasi qurilib ishga tushirildi, Toshkentda xalqaro savdo-ko‘rgazma kompleksi, Xorazmda qand-shakar zavodi qurildi.
Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan hamkorlik kengayib bormoqda. Asaka shahrida DEU korporasiyasi bilan hamkorlikda «UzDEU» avto
O‘zbekiston –Koreya qo‘shma avtomobil zavodi qurildi va 1996 yil martida ishga tushirildi. «O‘zDEU elektroniks» hissadorlik birlashmasini ko‘rish loyihasi amalga oshirilmoqda. Germaniya va Janubiy Koreya firmalarining ishtirokida O‘zbekistonning telefon tarmog‘i yangilanmokda. Bugungi kunga kelib dunyoning 80 mamlakati sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 3200dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatadi.

Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling