2 Mavzu: Mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning asosiy tamoyillari. Mashg‘ulot turi
Download 23.67 Kb.
|
maruza 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
2 - Mavzu: Mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning asosiy tamoyillari. Mashg‘ulot turi: ma’ruza Ajratilgan soat: 2 soat. Reja:
Mustaqil tashqi siyosat zaminlarining yaratilishi. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari Tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Maqsad: O‘zbekiston tashqi siyosati asosini talabalarga tushuntirish, tashqi siyosat tamoyillarini talabalarga yetkazish, O‘zbekistonning diplomatiya sohasidagi qilingan ishlarini sharhlab berish. Mustaqillikning birinchi kunlarida O‘zbekistondagi iqtisodiy tizim ahvolini tushuntirish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilish yo‘llarini belgilash uchun tashkil etilgan muassasalar haqida tushuncha berish, O‘zbekistoning jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashish yo‘lini ochib berish, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlatirish borasida qilingan ishlarni sharhlab berish, import va eksport mohiyatini tushuntirish, xorijiy investiyalarni jalb etish zaruriyatini singdirish, talabalarda viloyat shaharlarida bunyod etilgan qo‘shma korxonalar haqida ma’lumot berish ko‘nikmasini shakllantirish O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish yo‘llarini tushuntira olish malakasini shakllantirish. Tayanch iboralar: Tashqi siyosat, xalqaro huquq normalari, tashqi aloqalar, tashqi siyosat tamoyillari, tashqi iqtisodiy faoliyat, integrasiya, xorijiy sarmoyalar, investisiyalar, hamkorlik, import, eksport, qo‘shma korxonalar. 1- reja bayoni: Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosat yo‘lini belgilash, jahon hamjamiyotiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy madaniy aloqalar o‘rnatish masalasi dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Negaki, davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligini, barqarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan ana shu vazifalarning oqilona hal etilishiga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan vazifa emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish markaziy hokimiyat tomonidan olib borilardi. Respublikalar esa, jumladan, O‘zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat hisoblanardi. Shu boisdan davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o‘quv yurti yo‘k edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qildi. O‘zbekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko‘p qirrali ishlarni boshdan boshlashga to‘g‘ri keldi. Prezident I.Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li » va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida mamlakatimiz tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmokda. O‘zbekistonni xalqaro huquq sub’yekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy alokalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida», «Chet el investisiyalari to‘g‘risida», «Xorijiy investorlar va investisiyalarga kafolat berish to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. Xalqaro huquq normalarning ichki qonunlarda ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o‘z ifodasini topmokda. Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan, mamlakatimiz xalqaro normalar bajarilishini kafolatlaydigan hamma majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. O‘zbekiston tashqi siyosatda ochiq-oydinlik, teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik tarafdori. Shuningdek, biron-bir buyuk davlatning ta’sir doirasiga tushib qolishni, birovning qoshqovog‘iga qarab ish tutishni xoxlamaydi. O‘zbekiston dunyo uchun ochiq mamlakat bo‘lib, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etilgan bo‘lib, ular jumlasiga Tashqi ishlar vazirligi, tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari ham kiradi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akdemiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxasis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Download 23.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling