2 Mavzu: Mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning asosiy tamoyillari. Mashg‘ulot turi


Download 23.67 Kb.
bet2/6
Sana08.02.2023
Hajmi23.67 Kb.
#1178650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza 2

2- reja bayoni:
Respublika Prezidenti I.Karimov o‘zining asarlari, ma’ruza va nutqlarida mamlakatimiz tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy tamoyillarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, xalqimiz xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

  • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

  • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  • nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

  • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

  • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

  • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan halqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

  • davlatning, xalqning oliy mafaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

  • tajovuskor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

  • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro mavfaatdorlik, davlat milliy mafaatlarining ustunligi;

  • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 160dan ortiq davlat tan oldi, ularning 120dan oshig‘i bilan diplomatik, siyosiy iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda 35tadan ortiq mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek O‘zbekistonda 85 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlarning, ko‘plab hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyodagi Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlarda O‘zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi.

Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling