2 Mavzu: Mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning asosiy tamoyillari. Mashg‘ulot turi


Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish


Download 23.67 Kb.
bet6/6
Sana08.02.2023
Hajmi23.67 Kb.
#1178650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza 2

Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish.
O‘zbekistonning tashqi siyosati tinchlik, barqarorlik va hamkorlikka erishish yo‘liga asoslanadi. Respublika tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
• mafkuradan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tinchlik va xavfsizlikni saqlash;
• boshqa davlatlarning suverenitetini hurmat qilish va chegaralar daxlsizligini tan olish;
• boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
• nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish;
• kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik;
• inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish;
• xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalarining ichki qonunlar va huquqiy normalardan ustunligi;
• davlatning, xalqning oliy manfaatlarini, uning farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan chiqish;
• agressiv harbiy bloklar va birlashmalarga qo'shilmaslik;
• davlatlararo munosabatlarda tenglik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
• ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida tashqi aloqalarni rivojlantirish: bir davlat bilan yaqinlashganda, boshqa davlatdan uzoqlashmaslik.
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati jahonda mustaqil davlat sifatida tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi dunyoning eng nufuzli davlatlari tomonidan tan olinib, ulardan 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatilgan. Toshkentda 43 davlatning elchixonalari ochildi. Jumladan, AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalar elchixonalari. Oʻzbekistonda 88 ta xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida – AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqa mamlakatlarda Oʻzbekistonning elchixonalari va konsullik muassasalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling