Yozma nazorat savollari (4 ball) Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Download 104.99 Kb.
|
1 JORIY NAZORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o’rni.
- Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati.
- Globallashuv tushunchasi
- Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo’lish yo’llari.
- Globallashuv amalga oshishining turli xil vositalari
- Globallashuv to’lqinlari, davrlari.
- Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida.
- MAVZU YUZASIDAN 15 TA TEST (3 BALL) MAVZUNI TAQDIMOT (MS POWER POINT DASTURI) SHAKLIDA YORITING (3ball) Jami10 ball
YOZMA NAZORAT SAVOLLARI (4 BALL) Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Xalqaro moliya doimiy o’zgarib turuvchi Xalqaro pul tizimining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining holati va o’zgarishini, Xalqaro moliyaviy bozorlar, Xalqaro moliyaviy korporasiyalar, Xalqaro bank va investision faoliyatni o’zida aks ettiradi. Jahon moliya tizimining asosiy ishtirokchilari banklar, transmilliy korporasiyalar, portfel investorlar va Xalqaro rasmiy qarz beruvchi donorlar hisoblanadi. Xalqaro moliya- Xalqaro moliyaviy resurslar va ularning global harakatini tavsiflovchi tushunchadir. Jahon savdosining shiddatli o’sib borishi, ishlab chiqarish masshtabi va ixtisoslashuvining rivojlanishi, kapitallarning xalqaro oqimini, davlatlararo tovarlar, xizmatlar va mehnat resurslarining harakatini rivojlanishi Xalqaro moliyaning rivojlanishi va Xalqaro moliyaviy bozorlarning shakllanishi, davlatlararo moliyaviy munosabatlarni tobora murakkablashuvi uchun sharoit yaratdi. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o’rni. Jahon iqtisodiyoti tizim sifatidagi faoliyati tovarlar va hizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog’liqdir.Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari vujudga keladi.Xalqaro moliya munosabati bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo’lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o’ziga tegishli bo’lgan xorijiy valyutalarni harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir. Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliya muhitida birlashadi. JAhon moliya muhiti investorlar va korparatsiyalar moliyasi banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko’rsatadi hamda jahon moliya bozori o’sish sharoitini aniqlaydi. Xalqaro moliya munosabatlarining sube’kti quyidagilar ishtirok ‘tadi: davlat,korxona,tashkilotlar,firmalar,hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korparatsiyalar,transmilliy banklar,birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’eklat o’rtasida,davlat va boshqa mamlakatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o’rtasida davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o’rtasidagi yuzaga kelishi mumkin.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati. Milliya iqtisodiyotni rivojlanishda uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi.Mamlakatni xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosablarini amalga oshisrish mexnizmini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir.Xalqaro moliya munosabatlarini rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagilarda namoyon bo’ladi: -Moliyaviy globallashuv jarayoni -Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarni tashkil topishi -Xalqaro moliya bozorlarini o’zgarishi -Global raqobatlashuv jarayoning keskinlashuvi -Transmilliy korparatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi -Mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirilishi -Tashqi iqtisodiy aloqalarni xalqaro xuquqiy bazasini qabul etilishi -Mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro moliya tizimini tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil etilishi Alohida olinganda milliy iqtisodiyotni ng xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir nechta miqdoriy ko’rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin -Eksport kvotasining miqdori -Import kvotasining miqdori -Tashqi savdo kvotasining miqdori Bularning hammasi YaMM ga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Globallashuv tushunchasi. Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha ―global so’zidan olingan bo’lib, aynan uni ―dumaloqlashu, ―kurralashuv deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fantexnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. ―Global tushunchasi lug’aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida ―umumiy, lotin tilida esa ―globus-Yer shari ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta muammolarni, ―sayyoraviy, ―dunyoviy muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o’ziga qamrab oladi. Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo’lish yo’llari. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob‘ektiv jarayon bo’lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo’lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e‘tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o’tish lozim. Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. Globallashuv amalga oshishining turli xil vositalari. Globallashuvni turli soqalarda sodir bo’layot-gan integratsiyalashuvning natijasi sifatida qarashlar ustuvorlik qiladi. Bunday qarash mazmunini dunyo mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustaqkamlanib borishi va ularning o’zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, sub‘ek-tiv omillar ta‘siri, ya‘ni katta iqtisodiy saloqiyatga ega bo’lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslari-ni turli yo’l va vositalar bilan qo’lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi qaqidagi qarashlar tur-li-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy qol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo’lish xususiyatlari turlicha bo’lib dunyo-ning o’zgarishiga o’tkazayotgan ta‘sirida qam yangi-yangi imkoniyat-lari namoyon bo’lmoqda. Globallashuv to’lqinlari, davrlari. Globallashuvning boshlanish davri bo’yicha g’arb olimlari qam turli fikrlarni ilgarib surib kelmoqdalar. Jumladan, R. Kobden va J. Brayt kabi olimlar globallashuv to’lqinlarini mamlakat-lar o’rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va uning natijasida iqtisodiyotdagi o’sish bilan bog’laydilar qamda uning boshlanish davrini XIX va XX asr bilan chegaralaydilar. Ularning fikricha, Britaniya o’zining dengiz, industriya va moliyaviy qudrati bilan globallashuv to’lqinining birinchi bosqichi kafolati bo’lgan. Ular globallashuvning ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini 1970 yillar-ning oxirlarida informatika va telekomunikatsiyada sodir bo’lgan inqiloblar asosida boshlanganligini ta‘kidlaydilar. 15Keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, globallashuv erkin sav-doning boshlanishi va uning natijasida iqtisodiyotdagi taraqqi-yot, informatika va telekomunikatsiya taraqqiyotida sodir bo’lgan in-qiloblar bilan bog’liqdir. Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida. Falsafa qrmusiy lug’atida «Internatsionalizm, baynalmialchi-lik (lotlSHer - aro, payop -xalq) - turli millat, irqdagi kishi-larning xalqaro birdamligini ifodalovchi tushuncha. Bu tushuncha K. Marks tomonidan o’ylab topilmagan, u tomonidan fikrga kiri-tilmagan, faqat sobiq ittifoq davrida mutloqlashtirilgan edi...»16 degan ma‘lumot keltiriladi. To’g’ri, «internatsionalizm» insoniyatning ongli faoliyati boshlanibdiki, u tabiiy jarayon sifatida kechib kelmoqda. Ammo uning xuddi shunday nomlanishi har doim ham bo’lgan edi degan fikrga qo’shilib bo’lmaydi. Aslida, uning ilmiy iste‘molga kirib kelishi ishchilar sinfi tomonidan burjua-ziyaga qarshi kurashdagi yakdillikni vujudga keltirish mafkurasi bilan bog’liqdir.«Integratsiya» tushunchasiga esa falsafa qisqacha izoqli lug’ati-da quyidagicha ta‘rif keltiriladi: «Integratsiya (lotin, 1p1e8eg -to’la, butun, buzulmagan, butunlik) - umumiyat, birlikka erishishga yo’naltirilgan jarayon yoki faoliyat natijasi»|7dir. Falsafa qomu-siy lug’atida «Integratsiya» (lotincha t1e§eg - butun): 1) ayrim qism va elementlarni bir butunga birlashtirish; 2) turli mamlakatlar-ning birlashmalari, tor doiradagi iqtisodiy-siyosiy guruqlar qo’shilishi degan ta‘riflar uchraydi. Integratsiyaning shakllari ilmiy, siyosiy, madaniy, xalqaro va qokazo turlarga bulib o’rgani-ladi. MAVZU YUZASIDAN 15 TA TEST (3 BALL) MAVZUNI TAQDIMOT (MS POWER POINT DASTURI) SHAKLIDA YORITING (3ball) Jami10 ball Download 104.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling