2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (4 soat)


Download 70.94 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi70.94 Kb.
#212735
1   2   3   4
Bog'liq
vvoDh5V4SJCfP66sKTVLSqNrKtoIDw2B

Farg‘ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar

kimlar edi?

O‘zbekiston Kompartiyasi MQning1989 yil 23 iyunda bo‘lgan XIV Plenumida Farg‘ona fojiasi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O‘zbekiston kompartiyasi MQning1989 yil29 iyulda bo‘lgan XV Plenumi tomonidan ma’qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.

- Farg‘ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo‘ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o‘z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstrimistlarga, poraga sotilganlarga o‘z vaqtida zarba berolmadilar.

- Farg‘ona viloyatida o‘n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo‘jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xomashyo etishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko‘rilmasdi.

- Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishlari buzilgan, poraxo‘rlik, xizmat mavqeini suiste’mol qilish avj olgan edi.

- Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko‘rgan reja asosida ig‘vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.

Farg‘onada sodir bo‘lgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik1990 yil fevralь-mart oylarida Bo‘ka va Parkent, 1990 yil iyunda O‘sh va O‘zganda ham shunday urinishlar bo‘ldi. YOvuz kuchlar o‘z maqsadiga erisha olmadilar.

O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.



5. 1989 yil 23 iyunь kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l olindi.

Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan “kadrlar desanti” o‘z mavqeini yo‘qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa “kazo-kazolar” Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko‘tarildi.

Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, endi O‘zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko‘tarish ammaliyotiga chek qo‘yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi.

Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo‘lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko‘rildi, to‘qib chiqarilgan “o‘zbek ishi”, “paxta ishi”ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog‘liq ishlar qayta ko‘rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o‘z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.

Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko‘tarilgan edi. O‘zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o‘zbek va rus tilini teng mavqega ko‘tarishga urindi, shu yo‘sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o‘tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo‘lini tanladi.

O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining1989 yil 21 oktyabrda bo‘lgan o‘n birinchi sesiyasida “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida” Qonun qabul qilindi. Qonunda O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili Respublikaning siyosiy–ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab qo‘yildi.

1990 yil 19 fevralda “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi.

Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Respublika iqtsodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko‘tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun er ajratildi. Erga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa erlari berildi, 372 ming oila o‘z tomorqalarini kengaytirib oldi. SHu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar er ajratildi. Respublikada “Ish bilan ta’minlash” dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990 yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990 yilda byudjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

6. 1990 yil 18 fevralda O‘zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo‘ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo‘lib o‘tdi.

1990 yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasi bo‘lib o‘tdi. 24 mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo‘lib “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.

Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta’minlashga o‘tishni ta’minlashni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’qidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo‘lgan sharoitda O‘zbekistonda o‘z Prezidentining saylanishi muhim vaqea bo‘ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo‘ldi.

6. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20 iyunь kuni “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, quyidagilar bayon etilgan:

O‘zbekiston SSR davlat suvereniteti

• O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.

• O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi.

• O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.

O‘zbekiston mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo‘lib, mamlakatimizning o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish yo‘lida yana bir yangi qadam bo‘ldi.

Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir “imkoniyat” vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991 yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSR da Favqulodda holat davlat qo‘mitasi(FHDQ) tuzildi.

Uning boshliqlari G.I.YAnaev – SSSR vitse-prezidenti, O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, V.A.Kryuchkov – SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V.S.Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.YAzov – SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubsev – SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov- SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. SHu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar.

Mazkur qo‘mita Sovet rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi.

Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.

Qaltis vaziyatda 1991 yil 19 avgustda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtai nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.

1991 yil 20 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.

1991 yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi.



Fitnachilarning qonunga hilof ravishda urinishlari natijasida 1991 yil 19-21 avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. SHu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi.

SSSR tanazzulga uchragach, O‘zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to‘la o‘z qo‘liga olishga kirishdi.

1991 yil 25 avgustda O‘zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi.



1991 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo‘lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

Download 70.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling