2-mavzu. Neft, gaz va gazkondensatni birlamchi qayta ishlash
Vakuum hosil qilish sistemasi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Vakuum hosil qilish sistemasi
1- vakuum separatori, 2- tindirgich, 3- injektorlar, 4- kondensator, 5- nasos. Mazutni vakuum sharoitida ikki bosqichda haydash Mazutni vakuum sharoitida haydash ikki variant bo‘yicha o‘tkaziladi: 1-variant yoqilg‘i olish ya’ni katalitik kreking qurilmasi xom- ashyosi bo‘lgan yengil va og‘ir gazoyllar olish. 2 - variant moy distillyatlarini olishdir. Vakuum sharoitida mazutni ikki bosqichda haydash orqali: 1 - bosqichda vakuum fraktsiyalash kolonnasida solyar distillyati, keng fraksion tarkibili (350°C-375 °C) moy distillyatlari va gudron chiqariladi, 2 - bosqichda olingan moy distillyatorlaridan 3 xil distillyat: parafinli (350°C - 460°C), avtol (460°C - 490°C) va silindr moylariga ajratiladi. Jarayonning texnologik sxemasi quyidagi 5.2 - rasmda keltirilgan. Xom- ashyo mazut 3 - pechda qizdirishga kiritishga qadar 2 ta oqimda ishlayotgan issiqlik almashgichlar 28, 29 va 22 dan 1 - oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqimdan o‘tadi, so‘ngra 1 va 2 - issiqlik almashgichlarda qurilmadan chiqayotgan gudron issiqligi hisobiga qizdirilib, 3 - pechga yuboriladi. Mazut 3 - pechda 435°C gacha qizdiriladi. Mazutdan solyar, keng fraksion tarkibli moy distillyatlari va gudron ajratishi uchun 6 - vakuum kolonna xizmat qiladi. Moyli fraktsiya 7 - yig‘gichda to‘planadi, gudron 5 - nasos yordamida kolonnadan chiqariladi. Solyar 4 - nasos yordamida yarim berk tarelkadan 23 - issiqlik almashgich va 32 - sovutgichda sovutiladi, so‘ngra sovutilgan solyar distillyatini bir qismi 6 - vakuum kolonnaga qaytariladi. Moy distillyati 7 - yg‘ichda 8 - nasos yordamida haydalib, 28 - issiqlik almashgich, 23 - qo‘shimcha bug‘ ishlab chiqarish qozoyl va 21 - bug‘li qizdirish qurilmasidan o‘tib 6 - kolonna o‘rta qismiga resirkulyat sifatida qaytariladi. Moy distillyatining balans miqdori 7 - yig‘gichdan 9 - nasos yordamida 10 - pechda (385°C) qizdirilib, 13 - vakuum kolonnaga yuboriladi. Bu kolonna mahsulotlari: yarim berk tarelkada yig‘iluvchi parafin distillyati, 14 - bug‘latuvchi sektsiya orqali chiqariluvchi avtol distillyati va 24 - issiqlik almashtirgich, qo‘shimcha bug‘ ishlab chiqaruvchi qozon 26 va 27 - sovutgichdan o‘tib chiqariladigan silindr distillyati hisoblanadi. Avtol distillyatining sirkulyasiyalanuvchi qismi 16 - nasos yordamida haydalib 11 va 12 - qurilmalarda sovutilgan holda 13 - kolonna o‘rta qismiga 3 oqimda beriladi, balans miqdori esa rezervuarga yuboriladi. Parafin distillyati 13 - kolonnadan chiqishda 25 - issiqlik almashtirgich, 34 - suv qizdirish va 35 - sovutgichda ketma - ketlikda sovutilib, bir qismi kolonnaga to‘yintirish yoki sovuq sug‘orishga yuboriladi, ortiqchasi rezervuarga yuboriladi. Gudron markazdan qochma turdagi 19 - nasos yordamida qurilmadan chiqarilguncha o‘z issiqligini 1 va 2 - issiqlik almashtirgichlar orqali xom - ashyo mazutga beradi. Qurilmadagi bug‘latuvchi seksiyaga suv bug‘i kiritiladi. Qo‘shimcha bug‘ ishlab chiqaruvchi qozonlar 0,6 MPa bosimdagi suv bug‘i ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Qurilmadagi kolonnalar ish rejimlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling