2-mavzu. Neft, gaz va gazkondensatni birlamchi qayta ishlash
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azotli birikmalar
Oltingugurtli
birikmalar - detallarni korroziyalanishini oshiradi: benzinda - 0.15 0.2%; dizel yonilg’isida - 0.2 0.4% bo’ladi. Dvigatel detallarining yeyilish tezligi yonilg’idagi oltingugurt miqdoriga bog’liq. Oltingugurt miqdori 0.2 dan 0.5 gacha ko’payganda yeyilish 25-30% ortadi. Yonilg’i tarkibidagi oltingugurt miqdorini porshen xalqalari yeyilishiga ta’siri Kislorodli birikmalar – (0,005 − 0,35% O) neft mahsulotlarining yuqori fraktsiyalarida (kerosindan boshlab) bo’ladi. Ularning miqdori 3 % dan oshmaydi. Bu birikmalar asosan har xil kislotalar ko’rinishida bo’lib. Ular detallarning korroziyalanishini oshiradi. Neftda smolali-asfalt moddalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Azotli birikmalar - (0,001 − 1,8 % N) neft mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda bo’lib, asosan smolali-asfalt moddalari ko’rinishida (0.3 %) uchraydi. Bu moddalar issiq detallarda qurum va lak paydo bo’lishini ko’paytiradi. § 2.4. Mazutdan moy fraksiyalarini ajratib olish Vakuum hosil qilish tizimi Vakuum hosil qilish sistemasining printsipial sxemasi pastdagi rasmda keltirilgan. Kolonnada vakuum bug‘li ijektorlar tizimi yordamida hosil qilinadi. 4 - kondensator sovutgichdan chiqayotgan gaz - suyuqlik aralashmasi 1 - vakuum separatorga kelib tushadi. Bu yerdan suyuqlik (uglevodorodlar aralashmasi va suv) vertikal quvurdan (uzunligi 10 metrdan ortiq) 2 - tindirgichga tushadi. Gazlar va havo 1 - separatordan uchta ketma - ket ulangan 3 - injektorlar yordamida so`rib olinadi. Bug‘ va gazlar har bir injektordan keyin 4 - kondensatorga tushadi. Hosil bo‘lgan kondensat 2 - tindirgichga oqib o‘tadi. Uchinchi injektordan keyin va oxirgi kondensatordan keyin gaz tizimidan chiqarilib, trubali pech forsunkalariga yo‘naltirilib yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. 2 - tindirgichda engil gazoyl suvdan ajratilib 5 - nasos yordamida qurilmadan chiqariladi. Qurilmadan ajratilgan suv neftni tuzsizlantirish blokida neftni yuvish maqsadida foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling