2-mavzu. Neft, gaz va gazkondensatni birlamchi qayta ishlash
Naften uglevodorodlar, kimeviy formulasi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Aromatik uglevodorodlar, kimeviy formulasi: 𝐂 𝐧 𝐇 𝟐𝐧 − 𝟔, 𝐂 𝐧 𝐇 𝟐𝐧−𝟏𝟐
Naften uglevodorodlar, kimeviy formulasi: 𝐂
𝐧 𝐇 𝟐𝐧 Bu uglevodorodlar g’iklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Naften uglevodorodlar quyidagicha strukturaga ega: Naften uglevodorodlar parafin va aromatik uglevodorodlar oralig’ida turadi, shuning uchun ular benzin tarkibida ham qoniqarli ishlaydi. Naften uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi va yuqori temperaturada oksidlanishiga qarshi moyilligi ham kuchli. Naften uglevodorodlarning yengil fraktsiyalari qotish temperaturasi past bo’lganligidan qishki sort dizel yonilg’isi tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Naften uglevodorodlarning og’ir fraktsiyalarining qovushqoqligi va kimyoviy barqarorligi yuqori bo’lganligi uchun asosan (70%) motor moylarining asosini tashkil etadi. 3. Aromatik uglevodorodlar, kimeviy formulasi: 𝐂 𝐧 𝐇 𝟐𝐧 − 𝟔, 𝐂 𝐧 𝐇 𝟐𝐧−𝟏𝟐 Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va naften ug-levodorodlarga nisbatan oz miqdorda (5- 20%) uchraydi. Ularning asosiy vakili benzol C 6 H 6 bo’lib, uning benzin tarkibida bo’lishi oktan sonini oshiradi. Lekin bu uglevodorodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular yuqori temperaturada detallarga yopishib, nagar qotishmalar hosil qiladi. Aromatik uglevodorodlarning benzin tarkibida bo’lishining dvigatel yonish kamerasida nagar qotishmalar hosil bo’lishiga bog’liqligi. 1- etillingan benzin; 2- etillanmagan benzin. Aromatik uglevodorodlarning dizel yonilg’isida kam bo’lgani yaxshi, chunki ular dizel yonilg’isida qiyin oksidlanib, alangalanish vaqtini uzaytirib yuboradi, natijada dvigatel qattiq ishlaydi. Moylarda esa, bu uglevodorodlar ko’p qurum hosil bo’lishiga olib keladi, shuningdek, temperatura pasayganda moylarning qovushqoqligini oshirib yuboradi. Shuning uchun bu uglevodorodlar moylash materiallariga kam qo’shiladi. To’yinmagan uglevodorodlar, kimeviy formulasi: C n H 2n , C n H 2n − 2 Neftni qayta ishlash jarayonida ko’pgina to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi. To’yinmagan uglevodorodlar juda bo’sh bo’ladi, ular uchun qo’shbog’li bog’lanish uzilgan joyda biriktirib olish reaktsiyasi xosdir. Ular osongina oksidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa birikmalar hosil qiladi. To’yinmagan uglevodorodlar har qanday neft mahsulotlarining hossalarini yomonlashtiradi, shuning uchun ular yonilg’ida ham moyda ham bo’lishi maqsadga muvofiq emas. To’yinmagan uglevodorodlar tarkibida qo’sh bog’ soniga qarab quyidagicha bo’ladi: bitta qo’shbog’li-olefinlar: 𝐶 𝑛 𝐻 2𝑛 , ikkita qo’shbog’li-diolefinlar: 𝐶 𝑛 𝐻 2𝑛−2 Masalan:C 4 H 8 buten C 4 H 6 butadien Bundan tashqari, neft maxsulotlari tarkibida: - oltingugurtli birikmalar; - kislorodli birikmalar; - azotli birikmalar bo’ladi. Bu birikmalar avtomobil yonilg’ilari va moylari sifatini yomonlashtiradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling