2-Mavzu: novdalar o‘sishi va shoxlanishi


Download 358.5 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi358.5 Kb.
#1062053
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MA`RUZA. NOVDALAR O‘SISHI VA SHOXLANISHI

Simpodial shoxlanish. Simpodial shoxlanish juda ko‘p tarqalgan U monopodial shoxlanishdan xosil bo‘ladi. Monopodialning asosiy o‘sish nuqtasi o‘schishdan to‘xtaydi yoki yonga surilib qoladi. Uning o‘rnini yon shox egallab, asosiy o‘q tomonga qarab o‘sadi. Keyinchalik bu shox xam o‘sishdan to‘xtab, yonga suriladi. SHunday saqlanish daraxtlardan tol, oqqayin, olma, nok, shaftoli, o‘rik, gilos, anjir, yong‘oq va boshqa butalarda uchraydi. O‘tchil o‘simliklar orasida simpodial shoxlanish ituzumdoshlar, ayiqtovondoshlar, gulxayridoshlar oilasida uchraydi. Gulli o‘simliklarning simpodial shoxlari gullab meva beradi. Uchki kurtakning nobud bo‘lishi natijasida yon kurtaklar ochilib yig‘iq shoxlarning o‘sishiga sababchi bo‘ladi.
O‘simliklarning bu biologik xususiyati muxim axamiyatga ega. SHunga asoslanib o‘simlikka shakl berilganda mevali daraxtlarning meva bermaydigan o‘suvchi monopodial shoxlari kesib tashlanadi.Bundan tashqari o‘suvchi shoxlarni kesish, uxlovchi kurtaklarning qayta ko‘karishidan simpodial shoxlar rivojlanadi.
Konvergentlar kelib chiqishi turlicha bo‘lsada ma’lum bir muxitga moslashish jixatidan o‘xshash belgilarga ega bo‘lgan organizmlarga konvergentlar deb ataladi. Masalan: sirtdan bir-biriga juda o‘xshaydigan Amerika kaktuslari va Afrika sutlamadoshlari shunday o‘simliklardir. Ular bir xil iqlimda qurg‘oqchil o‘sishga moslashgan. Bu o‘simliklarning gullari tuzilishi jixatdan bir-biridan tamomila boshqacha, ularning o‘rtasida qarindoshlik belgilari yo‘q. Uzoq davom etgan evolyusiya jarayoni mobaynida ba’zi organlar novda, barg, yoki mustaxkam ildizlarning ma’lum sabablarga ko‘ra etarli darajadagi taraqqiy etmasdan, shu holicha irsiy belgiga aylanib qolish xollari ko‘rinadi. Masalan, guli razitlardan zarpechak va shumg‘iyalarning barg xamda ildizlar reduksiyalangan bo‘lib boshqa o‘simliklarning tanasiga so‘rg‘ichlari yordamida o‘rnashib tekinxo‘rlik qilib o‘sadi. Ba’zan o‘simliklarda biror organning butunlay yo‘qolib yoki nobud bo‘lganligini uchratish mumkin. Masalan, sigirquyruqdoshlarda beshta changchining ikkitasi g‘alladoshlarda oltita changchining bittasi saqlanib qolganini qolganlari esa nobud bo‘laganini ko‘ramiz. Bunday organlar abortiv organlar deyiladi.
Ba’zan o‘simliklarda turiga xos bo‘lmagan lekin ajdodlariga xos bo‘lgan ayrim belgilar xosil bo‘ladi. Bunday xodisaga atavizm deb ataladi. Bundan tashqari muxit virus zamburug‘ yoki auksin fermentlarining noaniq taqsimlanishi sabab bo‘lishi mumkin.
Analogik va gomologik organlar. Kelib chiqishi va bajaradigan vazifasi xar xil va shaklli bir xil bo‘lgan organlarga analogik organ deb ataladi. Masalan: zirkning tikani o‘zgargan barg; gledigiya, do‘lananing tikani esa shakli o‘zgargan novdadir. Kelib chiqishi bir xil, lekin tuzilishi, shakli va bajaradigan vazifalar xar xil bo‘lgan organlar gomologik organlar deb ataladi. Bunga no‘xotning gajagi, zikrning tikani, nepentesning ko‘zchasimon barglari misol bo‘la oladi. Kuzgi xashoratni tutish uchun xizmat qiladi .



  1. Bazipetal rivojlanish qanday bo‘ladi? Misollar keltiring.

  2. Ko‘knori qanday shoxlanishga misol bo‘la oladi?

  3. Simpodial shoxlanish qanday xosil bo‘ladi.

  4. Simpodial shoxlanish bog‘dorchilikda qanday axamiyatga ega.

  5. Konvergent nima? Misol keltiring.

  6. Atavizm xodisasining yuzaga kelishiga sabab nima?

  7. Qanday organlar analogik organlar xisoblanadi.




  • Asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar

1. Ў.Прaтов, Л.Шaмсувaлиевa Ботaникa, Т., “Тaълим нaшриёти”, 2010.
2. Мустaфоев С.М. Ботaникa, Т., «Ўзбекистон», 2002.
3. Mustafaev S. M., O.A. Ahmedov Botanika,Toshkent, 2006.
4. Икромов М.И., Нормуродов Х.Н., Юлдашев А.С., Ботаника Т. «Ўзбекистон» 2002. 322 с.
5.
Download 358.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling