2-Mavzu: novdalar o‘sishi va shoxlanishi


Download 358.5 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi358.5 Kb.
#1062053
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MA`RUZA. NOVDALAR O‘SISHI VA SHOXLANISHI

SHoxlanish. SHoxlanish natijasida o‘simliklarning tana yuzasi kattalashadi, bu o‘z navbatida oziqlanish uchun muxim axamiyatga ega. O‘simliklarning shoxlanishi o‘ziga xos shakl tuzilishida bo‘lib, asosan to‘rt xildir.
1. Dixotomik shoxlanish. Bunda o‘simlik nuqtasining bir xil rivojlanishi natijasida ikkita kurtak xosil bo‘ladi. Keyinchalik xosil bo‘lgan kurtaklardan ayrisimon shoxchalar rivojlanadi. Bu shoxchalar o‘z navbatida ikkilamchi shoxchalar xosil qiladi. Bunday shoxlanishini sfatselyariya suvo‘tlarida, zamburug‘larda uchrashi mumkin. Tuban o‘simliklarda bunday shoxlanish usuli evolyusiyaning turli davrlarida uchraydi. YUksak o‘simliklarda dixotomik shoxlanish sodda shakl tuzilishga ega bo‘lgan psilofitlar, plaunlar jigarsimon yo‘sinlarda ko‘rinadi. Agar xosil bo‘lgan shoxcha pastdan yuqori o‘sib taraqqiy etsa bunday o‘sishga akropetal rivojlanish deb ataladi. Akropetal rivojlanishning aksi bazipetal rivojlanish deyiladi. Rivojlanishning bunday turi, shoxcha navdaning uch tomonidan asosga qarab o‘sishda uchraydi. Bazipetal rivojlanishi ko‘pincha suvo‘tlarda, urug‘li o‘simliklarda, barglarning o‘sishida uchraydi.
2. Soxta dixotomiya. Ba’zan uchki kurtak o‘sishdan to‘xtaydi, uning tagidagi yon kurtaklar o‘sib asosiy kurtakdan katta bo‘lib ketadi. Bunday shoxlanishga soxta dixotomik shoxlanish deb ataladi. Bunday shakldagi shoxlanish sirenda va qo‘shaloq shoxchali to‘pgullarda ko‘rish mumkin. Dixotomik va yon shoxlanishning oraliq shakliga anizotamiya deyiladi. Bunday shoxlanish vaqtida dixomotik shakldagi shoxchaning biri o‘sishni davom ettiradi, ikkinchisi esa o‘sishdan to‘xtaydi va yon shoxchaga aylanadi.
3. Monopodiol shoxlanish. Bunday shoxlanish o‘simlikning asosi o‘sishni to‘xtatmaydi va o‘sish nuqtasidan pastroqda, yuqoriga ko‘tariluvchi yon shoxlar xosil qiladi. YOn tomondan o‘sib chiqqan shoxlar xuddi shu usulda o‘sadi va shoxlanadi. Bunday shoxlanishni bargli yo‘sinlarda qirq bo‘g‘imlarda, qarag‘ayda, elda va boshqalarda ko‘rish mumkin.
Bir yillik va ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarda shoxlanishning uchida, bosh o‘qida gul yoki to‘p gullar xosil bo‘ladi va pirovardida o‘sishdan to‘xtaydi. Masalan: ko‘knori. Bu o‘simlik urug‘dan ko‘karib chiqqandan sung o‘sib bitta monopodial shoxchaga aylanadi va o‘suv davrning oxirida gul xosil qiladi.
Ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarda monopodial shoxcha bir necha yil davomida o‘sib, qisqargan monopodiy xosil qilishini zubturumda ko‘rish mumkin.
4. Simpodial shoxlanish. SHoxlanishning bu turi o‘simliklarning evolyusion tarakkiyotida bir muncha keyin pado bo‘lgan. Bu xildagi shoxlanishda asosiy poyaning uchidagi kurtak ma’lum vaqt o‘tishi bilan nobud bo‘ladi yoki uning usishi juda susayadi. Natijada uning yon kurtaklari vertikal yunalishda intenisiv usa boshlaydi va ko‘pincha asosiy poya urnini egallaydi. Lekin bu shoxning ham uchida joylashgan kurtaklari nobud bo‘lib, usishdan tuxtaydi va uning yon kurtaklari usishni davom ettiradi. SHu tarika, simpodial usishda o‘simlikning asosiy poyasi ma’lum vaqtdan sung usishdan tuxtaydi va unchalik uzun bulmaydi, uning urnini bir-birini almashtiradigan ikkinchi, uchinchi va xakozo tartib shoxlar davom ettiradi. Simpodial usishda daraxtning tanasi yon tomonga tarvakaylab ketadi, balandga emas yon tomonga usib katta xajmga ega bo‘ladi. Bunday shoxlanish tol, olma, nok, shaftoli, urik, gilos, anjir, yongok singari meva daraxtlari uchun xos. Simpodial usish o‘tsimon o‘simliklardan kartoshka, pamidor va boshkalar uchun xos. Guzada dastlab, monopodial shoxlanish kuzatiladi. Lekin simpodial shoxlar gullash oldida paydo bo‘ladi va bu bu shoxlarda gul va mevalar shakllanadi.
Ichki kurtaklarning usishini evolyusion taraqqiyot davomida vujudga kelgan moslanishlar deb karash mumkin. Xar kanday uchki kurtak yon kurtaklarning usishini tuxtatadi. SHuni uchun xar kaysi uchki kurtakning nobud bo‘lishi yon kurtaklarning usishini tezlashtiradi va yangi-yangi yon kurtaklarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
YOn kurtaklarning intensiv uygonishi va usa boshlashi, novdalarning kiskarishiga, o‘simlik shox-shabbalarining ko‘payishi va oxir natijada hosildorlikning ortishiga olib keladi. SHuning uchun ham o‘simliklarni chekanka qilish (uchki kurtaklarni kirkib tashlash) hosilning ko‘payishi va uning etilishini tezlashishiga sabab bo‘ladi. CHekankadan yon kurtaklar tez usib novdalar hosil bo‘ladi va o‘simlik yoppasiga gulga kiradi. SHoxlanish konuniyatlarini urganish muhim xujalik ahamiyatga ega. CHunki bir turkumga mansub o‘simlik turlarining biri monopodial shoxlanadi va shu sababli hosili kam kechpishar bo‘ladi. Boshkalari esa simpodial shoxlanishi tufayli hosildor bo‘ladi va uzi tez pishar xisoblanadi. SHunga kura, shoxlanish xususiyatini yaxshi urganib ularning hosildorligi va pishib etilish vaqtini boshkarish mumkin.

Download 358.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling