2-Mavzu: novdalar o‘sishi va shoxlanishi


Novdalarning о‘sishi va yо‘nalishi


Download 358.5 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi358.5 Kb.
#1062053
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MA`RUZA. NOVDALAR O‘SISHI VA SHOXLANISHI

Novdalarning о‘sishi va yо‘nalishi

Kо‘pincha о‘simliklarnig asosiy novdasi о‘zining boshlang‘ich teskari geotropizmini saqlaydi (grekcha ge - yer, tropizm – yо‘nalish ya’ni yerning tortish kuchiga teskari) va ortotrop – tikka о‘sadi. Yon novdalar esa turli yо‘nalishda asosiy novdaga nisbatan turlicha burchaklar hosil qilib о‘sadi. О‘simliklarning gorizontal о‘sgan novdalarini plagiotrop yо‘nalishdagi novda deb, yо‘nalishini о‘zgartirib ozgina kо‘tarilgan ya’ni uchki qismi tikka о‘sa boshlagan novdalarga esa anizotrop о‘sgan novdalar deyiladi. Bunday shoxlanish kо‘pincha butalar va о‘tsimon о‘simliklarda uchraydi. Agar о‘simliklarning yon shoxlari yuqoriga vertikal о‘ssa piramida shaklli shabba (archa, terak) hosil bо‘ladi. Ingichka, uzun bо‘g‘im oraliqlariga ega bо‘lgan daraxtlarning yon shoxlari pastga qarab о‘sib о‘ziga xos doimiy «yig‘loqi» shox-shabbalarni hosil qiladi (majnuntol).


Agar plagiotrop novdalar yer barglab о‘ssa u vaqtda daraxtlar yoyilgan shaklli shabbalarga ega bо‘ladi (О‘rta Osiyodagi baland tog‘larda о‘sadigan archalar). Bunday daraxtlarning novdalarida qо‘shimcha ildizlar paydo bо‘lib, shu ildizlar yordamida yerga birikib о‘sadi. Ba’zi о‘t о‘simliklarda ham yer barglab о‘suvchi plagiotrop novdalar paydo bо‘ladi. Agar bu novdalar qо‘shimcha ildizlar hosil qilib о‘ssa, ularni о‘rmolovchi novdalar deyiladi (g‘oz panja, ayiq tovon va boshqalar).
О‘simliklarning shoxlanish darajasi, yon shoxlarning turli tomonga о‘sishi, ularning о‘lchami va tashqi kо‘rinishi uning gabitusini kо‘rsatadi (lot. gabitus-habitus- tashqi kо‘rinishi).
SHoxlanmaydigan kam shoxlanuvchi o‘simliklarga bir yillik o‘tlar ham misol bo‘ladi, ba’zi o‘tlarda yon novdasi faqat bitta asosiy novda bo‘ladi. SHoxlanmagan uchki kurtak faqat gul hosil qiluvchi o‘simliklarga bug‘doy, kungaboqarlarni misol qilish mumkin.
Ko‘p shoxlanuvchi o‘simliklarga etmak turlari misol bo‘lib, barcha yon novdalari bir vaqtda o‘sib gullaydi - yostiqsimon shakldagi o‘simlik to‘pi paydo bo‘ladi. Ba’zi antraktida orollarida o‘sadigan Azorella – novdalarining ko‘pidan toshga o‘xshaydi.
Novdalar sistemasining shoxlanishida asosiy novdadagi yon novdalarning o‘sish tezligi turlicha bo‘lishi mumkin:
Agar o‘simliklarning eng kuchli rivojlangan yon novdalari asosiy novdaning uchki qismiga yaqin joylashsa – akroton shoxlanish deyiladi. Bu tipdagi shoxlanish asosan daraxtlarga xos bo‘lib, o‘tsimon o‘simliklarda kam uchraydi (ramashka, kakra). O‘simliklarning kuchli o‘sgan yon novdalari asosiy novdaning asosiga yaqin joylashgan bo‘lsa baziton shoxlanish deyiladi. Bu tipdagi shoxlanish butalarga va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklarga xosdir. Mezoton shoxlanishida kuchli yon novdalar asosiy novdaning o‘rta qismlarida rivojlangan bo‘ladi.
Dixotomik shoxlanishda o‘sish konusi ikkiga ajralib ikkinchi tartibli ikkita bir xil yon novdalr paydo bo‘lib o‘sishga boshlaydi. Bu novdalarning ham uchki meristemasi o‘z tartibida yana ikkiga bo‘linadi (plaunlarda).
Monopodial shoxlanishda – asosiy novdaning (urug‘ murtagidan hosil bo‘lgan) uchki meristemasi ko‘p yillar davomida o‘z vazifasini bajarib o‘sadi. Monopodiyning barg qo‘ltig‘idagi yon kurtaklaridan II – tartibli III - tartibli va hakozo novdalar paydo bo‘lib, o‘zining uchki meristemasi hisobiga o‘sib rivojlanadi. O‘simlik tanasining pastki qismidagi – pastki yarusdagi yon shoxlar boshqa qismlarga qaraganda kuchliroq rivojlanadi va tashqi ko‘rinishi konus shaklini eslatadi (qora qarag‘ay, oq qarag‘ay, eman va boshqalar). Bir va ko‘p yillik o‘t o‘simliklarda novdaning uchki kurtagi gul yoki to‘pgul hosil qiladi va yopiq monopodial shoxlanish vujudga keladi.
Simpodial shoxlanishda – o‘simliklarning uchki tomoni yoki yuqorigi yarusi biror sabablarga ko‘ra quriydi, yoki faqat bitta uchki kurtak o‘ladi, yoki bo‘lmasa o‘sish konusi generativ novdani hosil qiladi. Natijada poyaning yuqorigi barg va o‘rta zararlanmagan qismidagi barg qo‘ltig‘idagi yon kurtaklardan yon vegetativ novdalar o‘sib chiqadi. Bu novdalar o‘zining uchki meristemasining hisobiga o‘sib rivojlanadi va II, III va boshqa tartibli novdalarni hosil qiladi, natijada o‘simlik eniga va bo‘yiga o‘sib kattalashadi.









Novdalarning o‘sishi va shoxlanish tiplpri: 1-dixotomik; 2-monopodial; 3-simpodial; 4-soxta dixotomik.






Novdalarning turli yo‘nalishda o‘sishi: a-ortotrop;


b-plagiotrop; v-anizotrop; g-piramidal.

Download 358.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling