2-mavzu: odam irsiyatining moddiy asoslari


Ko‘payish bosqichi qiz bolaning hali xomilalik davrida boshlanadi. Oogoniy qiz bola tug‘ilganida to‘xtaydi. O‘sish


Download 1.81 Mb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1586099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
52476 2-mavzu.ODAM IRSIYATINING MODDIY ASOSLARI

Ko‘payish bosqichi qiz bolaning hali xomilalik davrida boshlanadi. Oogoniy qiz bola tug‘ilganida to‘xtaydi.
O‘sish bosqichi ovogenezda uzoq muddatli bo‘lib, meyoz bo‘linishga tayyorgarlikdan tashqari zigotaning bo‘linishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa zahirasi to‘plashini ham qamrab oladi. O‘sish bosqichiga o‘tgan oogoniy birlamchi tartibli ootsit hujayralarni hosil bo‘lishi bilan tugallanadi. Ootsitlarni tuxumdonning follikulyar hujayralari o‘rab turadi. Ozuqa zahiralarini to‘plash ikki fazada ya’ni oz o‘sish va ko‘p o‘sish fazalarida amalga oshadi. Oz o‘sish fazasida ko‘p miqdorda har xil tipdagi RNK lar hosil bo‘ladi. RNK zaxirasini hujayrada ko‘plab to‘planishi ribosomal RNK sintezlovchi DNK ning maxsus genlar nusxasini ortishi bilan izohlanadi.Ko‘p o‘sish bosqichida sitoplazmada ozuqa moddalarning ko‘payishi kuzatiladi. Natijada birlamchi tartibli ootsit hujayralarini bir necha follikulyar hujayralar o‘rab turadi.
Yetilish davri birlamchi tartibli ootsit hujayralar meyoz bo‘linishga o‘tadilar. Meyozning reduksion bo‘linishida bir yirik va bir mayda (yo‘naltiruvchi tana) hujayra hosil bo‘ladi. Meyozning ekvatsion bo‘linishida esa bitta o‘zida sitoplazmadagi barcha ozuqani to‘plagan yetilgan tuxum hujayra va bitta mayda hujayra (yo‘naltiruvchi tana) hosil bo‘ladi. Birlamchi tana hujayra ham ikkita tana hujayraga bo‘linadi. Shunday qilib, ovogenezda meyoz bo‘linish oqibatida bitta yirik tuxum hujayra va uchta mayda hujayra (yo‘naltiruvchi tana) rivojlanadi. Mayda hujayralar (yo‘naltiruvchi tana) meyozda reduksiyaga uchraydi.
Meyoz bo‘linish natijasida bitta gaploid to‘plamli xromosomalarga ega voyaga yetgan tuxum hujayra va uchta yo‘naltiruvchi tana hujayralari hosil bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi tana hujayralari tezda yemiriladi.Yetilish bosqichi tuxum hujayraga spermatazoid kirgandan so‘ng ham davom etadi. Ayollarda ovogenez davriy bo‘lib, har 28 kundan keyin takrorlanadi. Bu davriy jarayon tuxumdon ishlab chiqaradigan gormonlar-estrogen va progesteron orqali boshqariladi. Bu gormonlarning ajralishi esa gipofiz gormoni gonadotropin orqali boshqariladi13.
Tuxum hujayra yirik, sitoplazmaga boy, qobiq bilan o’ralgan, uni tashqarisida ko’plab follikul hujayralar joylashgan bo’ladi. Sut emizuvchi hayvonlarning tuxum hujayrasi bevosita urug’lanishdan oldin yoki urug’lanish davrida yetiladi. Tuxum hujayra vaqt-bevaqt yetilib turadi.

13- rasm. Tuxum (A) va urug’ (B) hujayra.


Ayollarda odatda bir oyda bitta tuxum hujayra yetiladi. Umurtqali hayvonlarning ko’pchiligida tuxum hujayra yilning ma'lum mavsumida ko’pincha bahor oylarida yetiladi. Odam tuxum hujayrasining vazni 10-5 g ga teng bo’lib, kam harakatchan. Spermatozoid esa maydaroq 10-9 g ga teng, harakatchan bo’ladi14.(13-rasm)


4.Urug‘lanish.
Urug‘lanish bu erkak va ayol gametalarini (singamiya) va ularning yadrolarini (kariogamiya) qo‘shilib zigota hosil bo‘lishidan iborat jarayondir. Urug‘lanish mobaynida xromosomalarning diploid to‘plami tiklanadi. Ota-ona xromosomalarning zigotada to‘planishi oqibatida turli xil genlar majmuasiga ega bo‘lgan individlar hosil bo‘ladi. Urug‘lanish uzviy ravishda kechadigan 3 bosqichdan tashkil etadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling