2-mavzu: odam irsiyatining moddiy asoslari


Download 1.81 Mb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1586099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
52476 2-mavzu.ODAM IRSIYATINING MODDIY ASOSLARI

Birinchi bosqichda spermatozoid va tuxum hujayra bir-biriga yaqinlashadi. Tuxum hujayraga odatda ko‘p spermatozoidlar yaqinlashgach, muhit o‘zgaradi va tuxum hujayra qobig‘i yumshaydi. Bu jarayonga bir necha omillar, birinchi navbatda, jinsiy hujayralardan ajralgan moddalar ta’sir ko‘rsatadi. Tuxum hujayra qobig‘i bilan bog‘lanishda bo‘lgan spermatozoid-larning bosh qismidan maxsus fermentlar ajraladi. Bu fermentlar tuxum hujayraning follikulyar qobig‘ini yemirib spermatozoidning tuxum hujayraga kirishiga imkon beradi.
Ikkinchi bosqichda tuxum hujayra bilan urug‘ hujayra qo‘shiladi. Bunda avvalo spermatozoid tuxum hujayra sirtiga yaqinlashadi va uning plazmatik membranasi bilan spermatozoidning bosh qismi o‘rtasida sitoplazmatik ko‘prik hosil bo‘ladi. Ana shu ko‘prik orqali tuxum hujayra sitoplazmasiga spermatozoidning yadrosi va sentrioli o‘tadi. Spermatozoid tuxum hujayraning sitoplazmasiga kirgach tuxum hujayra qobig‘ining zichligi ortadi. Bu esa o‘z navbatida boshqa spermatozoidlarning tuxum hujayraga kirishini cheklab qo‘yadi. Odamda spermatozoidning tuxum hujayraga kirishi meyozning ekvatsion bo‘linishini davom ettirish hamda gaploid xromosomali yadro va uchta yo‘naltiruvchi tanachalar rivojlantirishi uchun signal vazifasini o‘taydi.
Uchinchi bosqichda tuxum hujayra sitoplazmasidagi spermatozoid yadrosi bo‘rta boshlaydi. Undagi xromatin yumshaydi va yadro erkak pronukleusni hosil qiladi. Pronukleuslarning shakllanish jarayonida DNK sintezlanadi. Pronukleuslar tuxum hujayra markazidan o‘rin olgach, ularning qobiqlari yemirilib pronukleuslar bir-biri bilan qo‘shiladilar (kariogamiya). Pronukleuslarning o‘zaro qo‘shilishi natijasida xromosomalari diploid to‘plamga ega bo‘lgan zigota hosil bo‘ladi.

A B
14-rasm. Urug‘lanish. Odamda erkak va ayol pronukleuslarining qo‘shilishi.
Oqibatda har bir xromosoma juft holatda bo‘ladi. Odamda 23 juft xromosomalarning 23 tasi onaga, 23 tasi otaga tegishlidir. Zigotada genlar va belgilarning yangi kombinatsiyalari uchun zamin yaratiladi. (14-a va b rasmlar).



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling