2-mavzu. Oilada jismoniy tarbiyani yo’lga qo’yish. Bolalarning iqtisodiy savodxonligini oshirishda oilaninig tutgan o’rni. Oilada bolalarni mehnatga o’rgatish. Oilada ekologik tarbiya reja
Download 270.5 Kb.
|
2-maruza matni
2.3. Oilaning bolalarning iqtisodiy savodxonligini oshirishdagi o'rni
Zamonaviy sharoitda yosh avlodning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi muhim o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Binobarin, bozor sharoitida iqtisodiy bilimlardan xabardor bo’lmaslik barcha (ayniqsa, kasbiy faoliyat, savdo-sotiq va iste’molchi sifatida maishiy xizmat ko’rsatish) sohalarida sust faoliyat ko’rsatishga olib keladi. SHu sababli ota-onalar oilada ham bolalar tomonidan iqtisodiy bilimlarning o’zlashtirilishi uchun sharoit yaratib bera olishlari lozim. Bunda oila iqtisodiyoti (oila xo’jaligini yuritish) va byudjetini shakllantirish jarayoniga farzandlarni bevosita jalb etish, qolaversa, ularda pul mablag’lariga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, “o’zining shaxsiy hamda oila a’zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan mas’uliyatli yondashishga”2 o’rgatib borish zarur. Samarali tashkil etilgan iqtisodiy tarbiya natijasida bolalar “pulning inson mehnatiga to’lanadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini” tushunib yetadilar. Ro‘zg‘orga maosh, oila jamg‘armasini reja va tejamkorlik bilan hisob-kitob qilib ishlatilsa, oila yuritish tartibga tusha boshlaydi. «Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilur», - deydi xalqimiz. Ha, oila jamg‘armasini aql bilan hisob-kitob qilib ishlatmasangiz, biringiz ikki bo‘lishi qiyin. Qayerda hamma narsa tejab-tergab ishlatilsa, topilgan pul tejamkorlik bilan sarflansa, unday joyda «moliyaviy inqirozlar» sodir bo‘lmaydi. Hozir ko‘pincha ota-onalar bolalariga qimmatbaho mebellar hatto mashinalar sovg‘a qiladilar uy qurib beradilar. Lekin oilaning moliyaviy ahvolini qanday yaxshilash, qanday ro‘zg‘or tebratish, maoshni qanday tasarruf etishni yetarli darajada o‘rgatmaydilar. Shuning uchun yoshlar ko‘pincha hayron bo‘ladilar: «Dadamlaming bir o‘zlarining maoshlari oilamizni boqishga yetar edi, men esa dadamdan uch baravar ko‘p maosh olsam ham oilamga yetmaydi», Xo‘sh, bu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Nima uchun bunday ? Oilaga kelayotgan daromadni rejali sarflash muhim ahamiyatga ega. Peshona ten to‘kib topilgan sarmoyani har birimiz to‘g‘ri sarflayapmizmi? Pulni tejab-tergab ishlatish, jamg‘arish teran aql va fahm-farosatni talab qiladi. Ro‘zg‘or rejasiz olib boriladigan xonadonlarda maosh olingan kuni bayram. 0 ‘sha kuni bolalariga qimmatbaho o‘yinchoqlar xarid qiladilar, katta-katta sarf-xarajatlar qiladilar, xuda-behuda turli yig‘inlar, chaqiriqlar qiladilar. Uy bekasi o‘ziga oxirgi moda qimmatbaho kiyim-kechak, oyoq-bosh kiyim, atir-upa tilla taqinchoqlar oladilar. Qarabsizki, maosh, uncha-muncha jamg‘arma ham keyingi oyiikka yetmasdan tugab turibdi. Tejamkorlik juda keng tushuncha bo‘lib, uni pul tejamkorligi kiyim-kechak tejamkorligi, oyoq-bosh kiyim tejamkorliga, oziqovqat mahsulotlari tejamkorligi kabi bir qancha jabhalarga bo‘lish mumkinki, ulaming har birining o‘ziga xos jihatlari mavjud. Tejamkorlikka olib keluvchi muhim jihatlardan biri asrab-avaylashlikdir. Uy-ro‘zgor buyumlari idish-tovoqlar, ko‘rpa-yostiqlar, mebellar, uy-ro‘zg‘or asboblarini asrabavaylab ishlatish pirovard natijada oila iqtisodining umumiy tejamkorligiga olib keladi. Oiladagi tejamkorlik birinchidan, daromadning barakali bo‘lishiga, ikkinchidan, ortiqcha xarajatlaming kamayishiga, uchinchidan, zarur bo‘lgan yangi xarajatlarga, xaridlarga imkon yaratadi. Natijada oilaning umumiy osoyishtaligi ta’minlanadi, moddiy va ma’naviy saviyasi, nufuzi ortadi. Shu narsani ta’kidlash lozimki, tejamkorlik, ko‘pchilik o'ylaganidek va tushunganidek, faqat nochor yoki o‘rta hoi oilalarga xos bo‘lishi lozim bo‘lgan xislat emas. Davlatingiz, boyligingiz qanchalik bisyor bo‘lgani bilan uni tejab-tergab sarflamasangiz, bir kuni kelib xor-zor bo‘lishingiz, o‘z paytida botmonlab sarflagan narsangizning bir misqoliga ham muhtoj bo‘lib qolishingiz hech gap emas. «Yotib yeganga tog‘ ham chidamas», deydi xalqimiz. Shunday ekan, doimo borini asrabavaylash tejab-tergab sarflash, yo‘g‘ini tejamkorlik bilan bor qilib yashash hayot madaniyatining muhim bir bo‘lagidir. Qanday tejash, nimada tejash masalasini hal qilish uchun oila daromadi va buromadining hisot^ni olib borish, ulami tahlil qilib turish lozim. Ro‘zg‘orga bir oyga nimaga qancha sarf qilindi? Keyingi oygachi? Farqi qancha? Qaysi oyga ko‘proq xarajat qilingan, nega? Bulaming hammasini aniqlab, sarhisob qilib, umumiy xulosa asosida keyingi oyning rejasini tuzib olish lozim'. Shu tarzda oila budjeti mukammallashib, izga tushib boradi. Madaniy, rejali oila tebratish, h&yot kechirish tamoyillari shakllanib boradi, ro‘zg‘orga baraka kiradi, umr mazmuni boyib boradi. Kiyim-kechaklami, oyoq kiyimlami asrab-avaylab kiyish, ulaming qaysi birini qayerga, qachon, qanday kiyish umumiy tejamkorlikka olib keluvchi madaniy xislatlardan biridir. Qayerga, nima va qanday kiyinishirgiz sizning umumiy ichki nafosatingizdan dalolat beradi. To‘yga xos kiyinish, o‘zni tutash lozim boiganidek, azaga, ko‘chaga, uyga, dam olishga, ishlashga ham shu narsalar xosdir. Bu yerda maqsadga muvofiqlik tamoyiliga amal qilish katta rol o‘ynaydi. To‘ylarga, tug‘ilgan kunlarga, umuman xursandchilik yig‘inlariga kiyadigan kiyimlaringiz, masalan, zarli yoki qimmatbaho bo‘lishi, taqinchoqlar taqishingiz mumkin. Lekin bunday asnoda ishga borib boimaydi. Xizmatchi bo‘lsangiz, bu bilan kasbdoshlaringiz, xodimlaringiz orasida hasad, adovat, kibrhavolik, meshchanlik, mensinmaslik vaziyatini vujudga keltirasiz, o‘zingizga nisbatan hurmatsizlik munosabatini qaror toptirasiz. Tarbiyachi bo‘lsangiz esa sizning bunday kiyinish madaniyatingiz umuman kasbiy burchlaringiz bilan bir qolipga sig‘maydi. Agar bevosita ishlab chiqarish sohasida ishlasangaz bu haqda gapirib o‘tirishning ham hojati yo‘q. Uy-ro‘zg‘or asboblarini ishlatishning ham o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Kundalik ro‘zg‘orga, mehmonga, alohida tantanali kunlarga ishlatiladigan asboblar boshqa-boshqa bo‘lgani ma’qul. Shuningdek, har bir ne’mat, masalan, choy, shirinliklar, tuz-namaklar (tuz, qalampir, murch, rayhon, gorchitsa, zira, tomat va h.k.) va boshqalar uchun tutiladigan asboblaming alohida-alohida va but bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ular ishlatilib bo‘lgandan keyin yaxshilab yuvilib, artilib, yana joy-joyiga avaylab qo‘yilishi kerak. Har bir oilada ko‘rpa-to‘shak, choyshab-yostiq, gilam-polas, yumshoq mebellar, stol-stul, oyna-javon, devor-javon, idishjavon kabi qattiq mebellaming bo‘lishi tabiiy. Ulaming qay darajadaligi, qanday joylashtirilganligi, tozaligi, qanday ishlatilishiga qarab shu oilaning turmush madaniyatiga baho berish mumkin. Shunday ekan, turmushda bu masalalarga jiddiy ahamiyat berish lozim. Tutiladigan o‘rin-ko‘rpalaming choyshabga kiydirilgan bo‘lishi va ulaming toza bo‘lishi, kam tutiladiganlarining tez-tez yoyilib, shamollatib turilishi, gilampalaslami tez-tez changyutgich bilan tozalab, kimyoviy usulda yoki uy sharoitida yuvib turilishi, mavsumga qarab ulami ishlatish va saqlash masalalariga katta ahamiyat berib turilishi lozim. Qattiq mebellami ham vaqti-vaqti bilan yuvib-artib turish buzilgan eshik, oshiq-moshiqlarini, ko‘chgan, qirilgan joylarini o‘z vaqtida ta’mirlab turish kerak bo‘ladi. Har bir narsada me’yor bo‘lganidek tejamkorlik masalasida ham muayyan qolipdan, chegaradan chiqmaslik lozim. Tejamkorlik xasislik amaliga aylanib ketmasligi kerak. Organizm uchun yetarli boTgan darajada oziqlanmasdan, tananing zaiflanishi hisobiga mol-dunyo yig‘ish, oila a’zolarining, farzandlaming yotib-turishlari, rivojlanishlari, bilim olishlari uchun sharoit yaratmasdan iqtisod qilish hisobiga " boylik orttirish borib turgan xasislikdir. Shuningdek, mavjud 59 boylikni nokerak, me’yoridan ortiq maraka, to‘y-hashamlarga, kiyim-kechaklarga qo‘sh-qo‘sh imoratu, chet el mashinalariga sarflash meshchanlik, o‘zni ko‘rsatish, dabdababozlik, o‘zni o‘zgadan ustun qo‘yish, xudbinlikdir. Qolaversa, madaniy saviyaning yetishmasligi, nodonlikdan dalolatdir. Download 270.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling