2-mavzu. Oilada jismoniy tarbiyani yo’lga qo’yish. Bolalarning iqtisodiy savodxonligini oshirishda oilaninig tutgan o’rni. Oilada bolalarni mehnatga o’rgatish. Oilada ekologik tarbiya reja


Download 270.5 Kb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi270.5 Kb.
#233548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-maruza matni

Tayanch tushunchalar: mehnat tarbiyasi, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, kasbiy mehnat, bolalar mehnati, ijtimoiy foydali mehnat, ekologiya,, ekologik tarbiya. jismoniy tarbiya, badan tarbiya, jismoniy mashqlar, gigiyena, yosh xususiyatlari, iqtisodiy tarbiya, tejamkorlik, oila byudjeti.
2.1. Oilada jismoniy tarbiya mazmuni. Oilada jismoniy tarbiyani yo'lga qo'yish

Jismoniy tarbiya mohiyati. Jismoniy tarbiya, shu jumladan muntazam ravishdagi jismoniy mashqlar kishi organizmining har qanday muhitga chidamliligini oshirishga, sog’lig’ini mustahkamlashga, ongli ravishda uzoq umr ko‘rish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatdir. Bugungi kunda hukumatimiz bunday muhim omillarni e’tiborga olib qolmasdan, balki ularni muntazam ravishda amalga oshirib borishni davlat siyosati darajasigacha ko‘tarmoqda. Jumladan, «Umid nihollari» (o‘rta umumta’lim o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun), «Barkamol avlod» (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassa­salari o‘quvchilari uchun), «Universiada» (oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun) kabi respublika miqyosidagi musobaqalar davlatimiz tomonidan talaba-yoshlarimizning ham jismonan, ham ma’nan yuksakligini o‘ylab qilinayotgan tadbirlardir. Bular orqali yoshlarni bar­kamol shaxs darajasida tarbiyalashga erishamiz va ular yuksak unumli ongli mehnat qilishga tayyor bo’ladi hamda o‘z ona-Vatanini sodiqlik bilan qo‘riqlashdek xislatlarga ega bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan tadbirlardan asosiy maqsad - yosh avlodni bolalik chog’ldan boshlab jismoniy jihatdan sog’lom va baquvvat hamda irodali qilib tarbiyalashdan iboratdir.


Download 270.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling