2-Mavzu. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar Reja
Download 49.36 Kb.
|
2-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar: Predmetli faoliyat
- Akseleratsiya
- Chaqaloqik davri.
- “ovqatga yo’nalish”
- Kindik tushish davri
2-Mavzu. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar Reja: 1.Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar 2.Go‘daklik davrida psixik rivojlanish. Bir yosh inqirozi. 3.Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari: nutqning rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi. Tayanch so`z va iboralar: Predmetli faoliyat – ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat turi bulib, bola atrofidagi predmetlarning ijtimoiy mohiyati va funksiyalarini o’zlashtirishdan iborat. Motivlar ierarxiyasi – tarbiya sharoitiga qarab turli motivlarning ahamiyatliligiga ko’ra tabaqalanishi. Refleksiya – bola o’z xatti-harakatlari, xulq-atvorini boshqalar bilan taqqoslash va o’zini xolis baholay olish xususiyatlari. Akseleratsiya – bolalar va o’smirlarda ma’lum davrlarda somatik va fiziologik o’sishning tezlashuvi. Bola tug`ilganidan maktabgacha bo`lgan davrda jismoniy va psixologik jihatdan juda tez o`sadi. Bu davrda bola ko`p jihatdan kattalarning doimiy va to`g`ri parvarishiga muhtoj bo`ladi. Bolaning kelgusida sog`lom bo`lishi va psixik jihatdan normal o`sishi uning shu davrda to`g`ri parvarish qilinishiga bog`liq.Yosh davrlari psixologiyasining maqsadi bola ta`lim-tarbiyasi bilan ish olib boruvchi har bir shaxs inson psixik taraqqiyotida har bir yosh davrining muhim xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan o`rganib,barkamol avlodni kamol toptirishda undan samarali foydalanishdir. Chaqaloqik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug’iladi. Unda zarur fiziologik funksiyalarning kechishi uchun zarur bo’lgan shartsiz reflekslari, himoya refleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning rivojlanishining zarur sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyatsiya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emotsional harakat paydo bo’ladi. Oyog`i va qo’llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reaksiya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo’lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi. Chaqaloq tug’ilganda uning ovqatlanish reflekslari ma’lum darajada shakllangan: asosan, so’rish, emish reflekslari o’z vazifasini ado etishga tayyor bo’ladi. Chaqaloqning labiga va tilining shilimshiq pardasiga biror qo’zg’atuvchi tegishi bilan unda ixtiyorsiz ravishda so’lak ajrala boshlaydi. Ona ko’kragini emishda uning boshqa har qanday harakatlari sekinlashadi yoki mutlaqo to’xtaydi. Psixologlar M.P.Denisova va N.L.Figurinlar chaqaloqlardagi mazkur jarayonni chuqur tadqiq qilib “ovqatga yo’nalish” reaksiyasi deb atadilar. I.P.Pavlov ta’biricha, bunda shartsiz reflekslar vujudga kelib, u idrok qilinadigan narsaga idrok qiluvchi organni qo’zg’atuvchi eng qulay yo’nalishida aks etadi. Natijada emish mexanizmining ta’siridagi xatti-harakatlar qisman yoki butunlay tormozlanadi. Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug’ilishiga qadar ham shartsiz reflekslar bo’lishi, unga homilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkonini yaratadi. Kindik tushish davri organizmda keskin o’zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg’ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning oldingi vazniga yetish davri hayotining birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. Chaqaloqning anatomik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak sistemasida ohak moddasi va har xil tuzlar yetishmasligining guvohi bo’lamiz. Shu sababli suyak funksiyasini ko’proq tog’ay to’qimalari bajaradi. Bosh suyaklari bolaning ikki oyligida o’zaro qo’shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o’rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq mavjud bo’ladi. U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bo’lmaydi. Ye.A.Arkinning fikricha, chaqaloqlik davrining kuchli jihatlari ko’pincha uning o’sish quvvatida o’z ifodasini topadi. U har oyda ikki sm dan o’sadi, uning og’irligi har kuni 1,6–2 grammdan ortib boradi. Chaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko’pincha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush chiqarish oralig’i qisilishining bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. SHunga qaramay, mutaxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq – noxush his-tuyg’uning namoyon bo’lishidir. Qisilish tanglik (zo’riqish) tuyg’usini vujudga kelishidir. SHuning uchun chaqaloqdagi muskul reaksiyasi bilan emotsional munosabatni farqlash ancha qiyin. Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. Chaqaloqni to’g’ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning yana bir turi yig’lashga aylanadi. Yig’lash bola jismoniy og’riqni, ruhiy qayg’uni, iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bo’ladi, tashqi olam bilan aloqa o’rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush his-tuyg’ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojlarni qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin. Bola bir oyga to’lgach o’zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan bo’ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasidan “o’z” kishisini tanishi va ajratishini aytish mumkin. Mazkur psixologik holatni N.L.Figurin va M.P.Denisovalar “jonlanish” deb ataganlar. Bu davrda bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuyg’usida esa atrof-muhitdan ta’sirlanish o’z aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi odamlarga o’z munosabatini bildirishi uning bundan keyingi o’sishini belgilovchi bosqich vazifasini o’taydi. “Jonlanish” bolaning kattalar bilan o’ziga xos ravishda munosabatga kirishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin tashqi qo’zg’atuvchining qitiqlashiga javob tariqasida namoyon bo’ladigan “jonlanish”ning tabiati hali ochilgani yo’q. Ehtimol, bu holat bolaning kattalar bilan muloqotining maxsus ko’rinishi va ovqatlanish refleksining mustahkamlanishi bilan bog’liqdir, u balki bolada ijobiy his-tuyg’ularni qo’zg’atish omilidir. Ba’zan bolada o’zini parvarish qiluvchi shaxsning muomalasi tufayli emotsional harakatlar vujudga keladi, natijada uning qo’l va oyoqlari harakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo, talpinish kabi tashqi ifodaga ega bo’lgan ichki psixik kechinmalarda o’z aksini topadi. Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko’rinishi bilan katta odamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida undan ko’p farq qiladi. Odamlarni o’zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko’ramiz: miyaning og’irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq ko’rinsa-da, u hali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning organizmi jadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi. Bu davrda chaqaloqning og’irligi 3–5 kg bo’lishiga qaramay, miyasining og’irligi 300–350 grammni tashkil qiladi, xolos. Chaqaloqning miyasi hujayralarining miqdori, “ariqchalar”ning yaqqol ko’zga tashlanmasligi, nerv hujayralari tarmog’i jihatdan katta odamlarning miyasidan farq qiladi. Sharq allomalarining fikricha, chaqaloqda tug’ma reaksiyalarning boshqa guruhi ham mavjud bo’lib, beshik tebratilganda chaqaloqning yig’idan to’xtashi, ixtiyorsiz harakati sekinlashuvi shundan dalolat beradi. Download 49.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling